Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
14/02/2026
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida kasbiy rivojlanish seminari bo‘lib o‘tdi.

 Jizzax davlat pedagogika universiteti madaniyat saroyida uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida seminar tashkil etildi. Tadbir pedagoglar uchun foydali ilmiy-amaliy ma’lumotlarni o‘z ichiga oldi.

Seminarda Fizika-matematika fanlari nomzodi, Bilim va malaka hamda baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv-amaliy markazi boshlig‘i o‘rinbosari, Barotov Akmal Abdumajitovich “Pedagogik o‘lchov vositalari va ularni yaratish shartlari” mavzusida ma’ruza qildi.

Ma’ruzada quyidagi masalalar yoritildi:

  • Pedagogik o‘lchov vositalari va ularning asosiy funksiyalari: hisobga olish, nazoratli- tuzatish, o‘rgatish, tarbiyaviy va attestasion funksiyalar;

  • Testlarning tasnifi va test topshiriqlarining qiyinlik darajasi;

  • Pedagogik o‘lchov vositalarini yaratish ketma-ketligi va algoritmi;

  • Testga qo‘yiladigan talablar va ta’lim maqsadlarida Bloоm taksonomiyasining qo‘llanilishi;

  • Pedagogik o‘lchov vositalaridagi mumkin bo‘lgan xatoliklar.

Pedagogik o‘lchov vositasi (test varianti) – bu ta’lim oluvchilarning tayyorgarlik darajasini tizimli va asosli baholash uchun yaratilgan, turli qiyinchilik darajasidagi va o‘ziga xos shakldagi topshiriqlar tizimi ekanligi ta’kidlandi.

Seminar ishtirokchilari uchun amaliy misollar va tavsiyalar berilib, pedagogik faoliyat sifatini oshirishga qaratilgan muhim bilimlar taqdim etildi.


Ulashish:
1 777
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU rektori maktablarning bitiruvchi o‘quvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Jizzax shahridagi umumta’lim maktablaridan saralab olingan 31 nafar faol bitiruvchi o‘quvchilar dastlab universitetda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.
Zominda ustozlar uchun unutilmas sayohat tashkil etildi
Joriy yilning 14–15 mart kunlari Jizzax davlat pedagogika universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari uchun Zomin tumanidagi Zomin–Suffa dam olish maskaniga sayohat tashkil etildi.
JDPUda professor-o‘qituvchilar uchun seminar-trening tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi va O‘quv-uslubiy boshqarma xodimlari uchun seminar-trening o‘tkazildi.