Yangiliklar
Yangiliklar
|
19/11/2025
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universiteti va Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasi hamkorligida yangi darslik nashr etildi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti va Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasi Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot instituti hamkorligida Boku shahridagi “Elm va tahsil” nashriyotida “Jahon xalqlari adabiyoti” (1-qism) darsligi nashr qilindi.

Ushbu darslikda jahon xalqlari adabiyoti tasnifi va ularning o‘ziga xos xususiyatlari, xususan Kavkaz, Fors, Italiya, Germaniya, Slavyan, Ugor-Fin, Grek, Hind va boshqa til guruhiga mansub xalqlarning adabiyoti haqida ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, darslikda Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan yozuvchi, shoir va dramaturglar haqida ham to‘liq ma’lumotlar keltirilgan.

Darslik oliy ta’lim muassasalari filologiya fakulteti talabalari, magistrantlar, doktorantlar, ilmiy tadqiqotchilar va jahon xalqlari adabiyotiga qiziquvchi keng kitobxonlar uchun mo‘ljallangan.

Mualliflar:

  • Almaz Ulvi Binnatova – Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasi Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot instituti Ozarbayjon-Turkmaniston-O‘zbekiston adabiy aloqalar bo‘limi boshlig‘i, filologiya fanlari doktori, professor;

  • Jumanazarov Umirzoq Abdurazzoqovich – filologiya fanlari doktori, professor;

  • Jumanazarova Guljaxon Umirzoqovna – filologiya fanlari doktori, professor, Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi.


Ulashish:
1 283
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...