Yangiliklar
Yangiliklar
|
24/05/2025
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universiteti Tarix fakulteti 1-bosqich talabalari uchun dolzarb ijtimoiy masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan vebinar o‘tkazildi

Jizzax davlat pedagogika universiteti Tarix fakulteti 1-bosqich talabalariga Sotsiologiya va Antropologiya fanlariga qiziqishni oshirish hamda bu fanlarning zamonaviy ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini chuqurroq anglash maqsadida 2025-yil 28-may kuni onlayn formatda vebinar tashkil etildi.

Vebinar davomida dolzarb ijtimoiy muammolar, jamiyatdagi o‘zgarishlar va inson munosabatlarining ilmiy asoslari muhokama qilindi. Ishtirokchilar sotsiologiya va antropologiya sohalaridagi asosiy tushunchalar va ularning amaliy qo‘llanmalari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldi.

Ta’lim jarayonini interaktiv va qiziqarli qilishga qaratilgan ushbu tadbir talabalar tomonidan yuqori baholandi va ularning fanlarga bo‘lgan qiziqishi yanada oshdi.


Ulashish:
877
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.