Uncategorized
Uncategorized
|
28/05/2025
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universiteti professori Koreyadagi xalqaro ko‘rgazmada muvaffaqiyatga erishdi.
2025-yilda Koreya ixtirochi ayollari assotsiatsiyasi (KWIA) va Koreya intellektual mulk ofisi (KIPO) hamkorligida «KIWIE-2025» xalqaro ixtirochi ayollar ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

Ushbu nufuzli tadbirda Jizzax davlat pedagogika universiteti professori, kimyo fanlari doktori va Tabiiy fanlar fakulteti dekani Yaxshiyeva Zuhra Ziyatovna ham ishtirok etdi. Olima sho‘r suv tarkibidan litiy metallini ajratish maqsadida yaratgan yangi selektiv sorbentlari bilan katta e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Ushbu ixtiro uchun professor Yaxshiyeva Zuhra Ziyatovna kumush medali bilan taqdirlandi. Shuningdek, Xitoy ixtirochi ayollar assotsiatsiyasi tomonidan ham ushbu ishlanma oltin medal bilan mukofotlandi.

Ushbu yutuq nafaqat universitetimiz, balki mamlakatimiz uchun ham katta sharafdir.


Ulashish:
1 204
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro ilmiy platformalar bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy platformalardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
JDPUda O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramona nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi.
Ta’limda filologiya masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.