Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
01/03/2021
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika instituti hamda Jizzax viloyat Adliya boshqarmasi  hamkorligida “Talaba huquqshunosi” klubi  tashkil etildi.

Jizzax davlat pedagogika institut kichik majlislar zalida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishga oliygohning iqtidorli talabalari taklif etildi.   So‘zga chiqqanlar, ushbu klub oldida turgan asosiy vazifalar, yoshlar o‘rtasida huquqiy axborotlar targ‘ibotini kuchaytirish masalalarida atroflicha axborot berdilar.

Mazkur klub faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ular uchun sharoit yaratish maqsadida tadbirga taklif etilgan huquq tartibot idoarlari vakillari ham o‘z fikrlarini taklif va g‘oyalarini ham bildirib o‘tishdi.

Tadbirda “Talab huquqshunosi” klubining telegram kanaliga a’zo bo‘lish taklifi ham bildirildi. Tadbir  so‘ngida huquq tartibot idoralari vakillari va yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olish bilan birga, qonunchilikni yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarini berdilar.


Ulashish:
785
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar va sprot masalalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
2026-yil 24-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika ishchi guruhi tomonidan Jizzax viloyatida...
O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev Jizzax davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida u talaba-yoshlar bilan uchrashib, ularning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlar faolligini yanada oshirishga doir fikr va takliflarini bildirdi.