Yangiliklar
Yangiliklar
|
24/10/2025
Chop etish
Jismoniy tarbiya va sport fakultetida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 17-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kasaba uyushmalari faollari va faxriylari bilan uchrashuvida ilgari surilgan tashabbuslardan kelib chiqqan maqsad va vazifalarni amalga oshirish yuzasidan 24-oktyabr kuni Jizzax davlat pedagogika universiteti Jismoniy tarbiya va sport fakultetida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda universitet Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Jahongir Majidov, fakultet dekani professor Furqat Axmedov, shuningdek, fakultet professor-o‘qituvchilari va xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida kasaba uyushmalari harakatining 120-yillik bayrami arafasida tashkil etilgan ushbu uchrashuvning ahamiyati, Prezident tashabbuslarining mazmun-mohiyati hamda ularni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari haqida so‘z yuritildi.

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, kasaba uyushmalari faoliyati xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, mehnat muhitini yaxshilash va jamoada hamjihatlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi


Ulashish:
1 736
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.