Yangiliklar
Yangiliklar
|
07/03/2024
Chop etish
JDPUda «Yashil makon» umummilliy loyihasi bahorgi mavsumiga start berildi

Xabaringiz bor, Jizzax davlat pedagogika universitetida «Professorlar bog‘i» tashkil etilgan edi. Yashil makon loyihasiga asosan ushbu bog‘ga universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan 2023 yil kuz mavsumida 100 ga yaqin daraxt ko‘chatlari ekilgan bo‘lib, joriy yilning bahor mavsumida yana daraxt va buta ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan.

Bugun esa ushbu loyihaning bahorgi mavsumiga start berildi. Daraxt ekish tadbirida universitet rektori Sh.Sharipov, soha prorektorlari, fakultet dekanlari hamda bir guruh olimlar qatnashdilar.

Amalga oshirilayotgan bu kabi tadbirlar universitet hovlisida barpo etilayotgan «Professorlar bog‘i» qiyofasini obod etish barobarida, asrash, ekologik musaffolikni ta’minlashga ko‘mak berishi bilan ahamiyatlidir.


Ulashish:
1 348
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.