Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
10/06/2025
Chop etish
JDPUda yakuniy davlat attestatsiyalari boshlandi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida 5447 nafar talaba yoshlar bitiruvchi sifatida yakuniy davlat attestatsiyalariga kirishadi. Attestatsiya 5 kun davomida ikki smenada tashkil etilgan.

Ertalabki smena soat 09:00 da boshlansa, tushdan keyingi imtihonlar soat 15:00 da boshlandi. Bitiruvchilar yozilgan taqvimga muvofiq 3 soat davomida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha imtihonlarni topshirishmoqda.

Imtihonlar 5 ta zamonaviy jihozlangan ma’ruza zallarida o‘tkazilmoqda. Universitet ma’muriyati talabalar uchun barcha zarur sharoitlarni yaratdi, shuningdek, belgilangan talablarga qat’iy rioya qilinmoqda. Nazoratchilar va mas’ul xodimlar ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida imtihon jarayonida faol ishtirok etishmoqda.

JDPU bitiruvchilaridan biri — surdopedagogika yo‘nalishini bitirayotgan Dilnura Ma’mirovani suhbatga tortdik. U o‘z fikrlarini shunday bildirdi: “Men surdopedagogika yo‘nalishini bitirayotgan birinchi qaldirg‘och talabalardan biriman. Bugungi imtihonda qiynalmadim. O‘zim o‘qigan va bilib olgan mavzularga oid savollarga ishonch bilan javob berdim. Biz gapirishida nuqsoni bor bolalar bilan ishlashga ixtisoslashgan mutaxassislar bo‘lib shakllanyapmiz. Kelajakda o‘z yo‘nalishim bo‘yicha chet elda tahsil olish niyatim bor”.

JDPU rahbariyati va o‘qituvchilari barcha bitiruvchilarga imtihonlarda muvaffaqiyatlar tilashmoqda hamda yosh mutaxassislar kelajakdagi faoliyatida ulkan yutuqlarga erishishlariga katta ishonch bildiradilar. Yakuniy davlat attestatsiya sinovlari shaffoflik, xolislik, odillik tamoyillari asosida o‘tkazilmoqda. Sinovlar 2025-yil 15-iyungaqadar davom etadi.

Barcha bitiruvchilarga omad va muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!


Ulashish:
815
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU talabalari Qoraqalpog‘istonga jo‘nab ketdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalaridan iborat delegatsiya 12–14-may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etish uchun yo‘lga chiqdi.
JDPU профессор-ўқитувчилари Malayziyada malaka oshirish jarayonida
Jizzax davlat pedagogika universitetining 22 nafar professor-o‘qituvchisi Malayziyaning Utara Universitetida malaka oshirish kurslarida o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi.
“Stressga harakat bilan javob ber, fikringni ozod qil!”: Talabalar o‘rtasida ommaviy psixologik aksiya o‘tkazildi
Aprel va may oylarining “Sport va sog‘lomlashtirish oyligi” deb e’lon qilingani munosabati bilan Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta’lim fakultetining “Volontyor psixolog” talabalar jamoasi tomonidan talaba-yoshlar uchun...