Yangiliklar
Yangiliklar
|
25/12/2024
Chop etish
JDPUda Xorijlik mutaxassisilar ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Joriy yilning 25-dekabr kuni Jizzax davlat pedagogika universitetida “Sarhisob: “Ta’limda ilg‘or xorijiy tajribalar”  mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. Anjumanda xorijlik mutaxassislar ham ishtirok etishdi.

Anjumanni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori v.v.b Zuhra Yaxshiyeva ochib, universitet tomonidan xorijiy OTMlar bilan hamkorlik aloqalari doirasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Joriy o‘quv yilida universitetda Qirol Sejong koreys tili markazini ochildi. 2024-yilning may oyida Janubiy Koreya davlatining Kyungvon Universiteti hamda Qirol Sejong Instituti Fondi vakillaridan iborat Delegatsiya JDPUga tashrif buyurdi. Markaz o‘z faoliyatini joriy yilning 3-oktyabr kunidan boshladi. Ayni kunlarda ushbu markaz o‘z o‘quvchilariga ega.

Hamkorlik aloqalari doirasida joriy yilning sentyabr oyidan boshlab universitet va AQSH elchixonasi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida Fulbrayt dasturi mutaxassisi Sandra Israel xonim Xorijiy tillar fakultetida o‘z faoliyatini boshladi. Buning natijasida xorijiy tillar fakultetida «O‘qituvchilar kasbiy rivojlanish to‘garagi» ish boshladi. Qirol Sejong til markazi rahbari Kim Hyong Jong hamda Fulbrayt dasturi mutaxassisi Sandra Israel xonim matbuot anjumaniga yig‘ilgan OAV vakillariga loyiha va dasturlari hamda “English Access Microscholarship” (Aksess)ingliz tili o‘rgatuvchi grant dasturi haqida ma’lumot berish bilan bir qatorda mavzu doirasidagi qiziqarli savollarga ham javob berishdi.


Ulashish:
734
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.