Yangiliklar
Yangiliklar
|
29/11/2025
Chop etish
JDPUda “Uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni” seminarlari davom etmoqda.

Jizzax davlat pedagogika universitetida haftaning har shanba kuni o‘tkazib kelinayotgan “Uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni” seminarlarining navbatdagi sessiyasi madaniyat saroyida bo‘lib o‘tdi. Seminarni o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor Хaqberdi Hamzayev ochib berdi.

Seminarda dastlab universitet Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Sardor Rasulov “Tahlil asosida ta’lim sifatini ta’minlash” mavzusida taqdimot qildi. U o‘quv mashg‘ulotlarini sifatli va samarali tashkil etish maqsadida tuzilgan ishchi guruh tomonidan o‘rganilgan dars tahlillarini ishtirokchilarga taqdim etdi.

Taqdimotda jami 31 ta kafedra professor-o‘qituvchilarining darslari tahlil qilingan. Ta’lim jarayonida kuzatilgan jihatlar

  • Pedagogning auditoriyaga vaqtida kirishi va mashg‘ulotni boshlash madaniyati

  • O‘quv materiallarining mavjudligi va mavzuning o‘quv rejasiga mosligi.

  • Pedagogik mahorat va kommunikativlik.

  • Darsning metodik tashkil etilishi

  • Talabalar bilan muloqot va ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish kabi bir qator bandlar bo‘yicha baholangan:Taqdimot so‘ngida seminar ishtirokchilari master-klasslar o‘tkazish, darsliklar bilan to‘liq ta’minlanish kabi savol va takliflarini bildirdilar.

Keyingi sessiyani Toshkent Arxitektura-Qurilish universiteti professori Nurimbetov Ravshan Ibragimovich olib bordi. U “Zamonaviy universitetlarda ta’lim sifatini ta’minlash, ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish va innovatsion-tijoratlashtirish faoliyatini rivojlantirishda professor-o‘qituvchilarning o‘rni” mavzusida ma’ruza qildi.

Ma’ruzachining taqdimotida:

  1. Ta’lim tushunchalari va sifat masalalari – o‘qitish sifatidan ta’lim sifatiga o‘tish.

  2. Global ta’lim trendlari – dunyoning yetakchi universitetlari strategik rivojlanish yo‘nalishlari.

  3. OTMda tadbirkorlik va akademik tadbirkorlik – universitetlarda innovatsion va tijorat faoliyatini rivojlantirish imkoniyatlari.

  4. “Amaliyotchi professorlar” (PoP) modeli – fundamental va amaliy bilimlarni berish, kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, ijtimoiy ko‘nikmalar va raqobatbardosh mehnat bozoriga tayyorgarlik.

  5. Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat – yangi g‘oya va texnologiyalarni yaratish, tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish (patentlash, litsenziyalash, kichik innovatsion kompaniyalarni tashkil etish), biznes bilan hamkorlik.

  6. Madaniy-tarbiyaviy funksiyalar – bitiruvchilarni ishga joylashtirish, hayot davomida yangi bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish, talabalarni ijtimoiylashuv imkoniyatlari bilan ta’minlash.

  7. Universitet 3.0 modeli – zamonaviy OTM professor-o‘qituvchilarining faoliyati va ilmiy maqolalarning reytingdagi roli kabi masalalar muhokama qilindi:

Seminar yakunida professor-o‘qituvchilar ta’lim sifati, innovatsion tadqiqotlar va amaliyotchi professorlar modeli bo‘yicha tajriba almashdilar hamda savol-javoblar sessiyasi o‘tkazildi.


Ulashish:
1 830
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda kibergigiyena va axborot xavfsizligi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida kibersavodxonlikni oshirish, axborot xavfsizligini ta’minlash hamda oliygohni «Kiberjinoyatlardan xoli hudud»ga aylantirish maqsadida dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar ishtirokida amaliy yig‘ilish...
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik: ta’lim infratuzilmasi bosqichma-bosqich ko‘zdan kechirilmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi 2026/2027-o‘quv yilini munosib kutib olish, talabalar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida universitet fakultetlari, bo‘limlari va tegishli obyektlarida tayyorgarlik holati kompleks...
Mustaqillikning 35-yilligi tantanalari arafasida Bo‘ston shaharchasida JDPU tasarrufidagi 100 o‘rinli MTT foydalanishga topshirildi
Tantanali marosimda Zarbdor tumani hokimligi vakillari, nuroniylar, universitet faxriylari, tegishli soha mas’ullari, professor-o‘qituvchilar hamda universitet rahbariyati ishtirok etdi.