Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
01/05/2024
Chop etish
JDPUda «Uch avlod» uchrashuvi o‘tkazildi.

Sobiq bitiruvchilar, faxriy ustozlar va yoshlar ibrat maktabiga aylanib borayotgan «Uch avlod uchrashuvida» diydorlashishdi.

Har bir sohaning yetuk mutaxassislari, fidoyilari bo‘ladi. Ularning yillar davomidagi faoliyati va to‘plagan tajribasi yosh kasbdoshlari uchun ham o‘rnak, ham namuna maktabidir. Jizzax davlat pedagogika universitetida ko‘p yillar faoliyat yuritgan ana shunday faxriylar, ustozlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Bugun JDPU 50 yoshda shiori ostida tashkil etilgan «Uch avlod» uchrashuviga shu dargohning Fizika texnologik ta’lim fakultetini 1979-yilda bitirgan ilk qaldirg‘och bitiruvchilar, faxriy ustozlar va talaba yoshlar jam bo‘lishdi.

 

Bugungi kun uchun Ibrat maktabiga aylangan «Uch avlod» uchrashuvi dastlab Fizika texnologik ta’lim fakultetiga qurib foydalanishga topshirilgan yangi o‘quv binosining ochilish marosimi bilan boshlandi. Tantanali marosimni universitet rektori Sh.Sharipov ochib berdi. Tadbirda Faxriylar sobiq bitiruvchilar o‘z tajribalaridan so‘zlab bergan hayotiy saboqlar, chunonchi, qalblarida jo‘sh urgan vatanparvarlik tuyg‘usi har qanday mashaqqatli vaziyatda ularga kuch va shijoat bergani, xalqimiz oldidagi farzandlik burchi esa doimo o‘z vazifalariga fidoyilik va mas’uliyat bilan yondashishga undagani ishtirokchilar, ayniqsa, yoshlardagi Vatanga bo‘lgan muhabbat va sadoqat hissini yanada to‘lqinlantirib yuborganligini, ularning yuz-ko‘zlaridan anglash qiyin bo‘lmadi.

Ko‘pni ko‘rgan nuroniy ustozlar tajribasi yoshlar uchun katta ibrat maktabidir. Muloqot davomida o‘tgan kunlarni xotirlash, bugungi o‘zgarishlarga shukronalar aytish – kelajak sari katta maqsadlar belgilab olishga xizmat qiladi. Bunyodkorlik ishlariga tomoshabin bo‘lib emas, kamarbasta bo‘lish, yurtimiz taraqqiyotiga daxldorlik bilan yashash esa yoshlarning burchidir. Ko‘tarinki kayfiyat, nuroniylar bilan bo‘lgan muloqotlar yoshlarga ko‘p narsa beradi.Tantanali marosimdan so‘ng mehmonlar yangi o‘quv xonalari, o‘quv ustaxonalari, oshxona va talaba yoshlar uchun yangi tashkil etilgan 5 tashabbus markazi bilan yaqindan tanishib chiqdilar.

Tadbir so‘ngida nuroniy otaxon va onaxonlar bir piyola choyga taklif qilinib iqtidorli talabalar tomonidan konsert dasturi namoyish qilindi .

 


Ulashish:
624
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda “Akses” dasturining 2023–2025 yilgi mavsumi yopildi.
2024-yil 30-iyul kuni Jizzax davlat pedagogika universitetida JDPU va AQSh elchixonasi hamkorligida amalga oshirilgan “Akses” dasturining 2023–2025 yilgi mavsumi yakuniga yetdi.
Xalqaro hamkorlik.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri Jabborova Anora xorijiy stajirovka doirasida Ispaniyaning mashhur shaharlaridan biri bo‘lgan Barselonaga tashrif buyurdi.
JDPU da korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etgan pedagog xodimlar haqida ma’lumotnoma.
korrupsion_holat_sodir_etgan_xodimlar_bo’yicha_ma’lumotnoma