Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/08/2025
Chop etish
JDPUda talabalar uchun turar joy va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi ish boshladi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2025/2026-o‘quv yilida talabalarni munosib kutib olish va ularni turar joy bilan tezkor ta’minlash maqsadida “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Markaz talabalarga quyidagi masalalarda ko‘mak beradi: universitet yotoqxonasiga joylashish, o‘quv muassasasiga yaqin joydagi ijara xonadonlarini topish, turar joy bilan bog‘liq muammolarni hal etish.

Ayni paytda universitetda 1216 o‘ringa mo‘ljallangan 1-, 2- va 4-son talabalar turar joylari mavjud. Shuningdek, markaz 200 ta yashil va sariq hududlarda joylashgan, o‘quv muassasasiga yaqin va qulay infratuzilmaga ega ijara xonadonlarini talabalarga taklif etmoqda.

Markaz xizmatlaridan foydalanish istagidagi talabalar universitetning mas’ul xodimlariga yoki markazga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilishlari mumkin.


Ulashish:
4 826
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.