Yangiliklar
Yangiliklar
|
26/03/2024
Chop etish
JDPUda sumalak bazmi o‘zgacha bo‘ldi…

Navro‘z milliy ma’naviyatimiz rivojidagi eng muhim shodiyonadir. Bu kunda yurtimizning har bir go‘shasida bahoriy taomlar-u, turli milliy o‘yinlarga alohida urg‘u beriladi. Xususan, milliy taomlarimizdan sumalak, halim, ko‘ksomsa, ko‘k chuchvara kabilar bayram dasturxonining ko‘rkiga aylanadi. Ayniqsa, sumalak bazmlarining o‘zgacha gashti bor.

Jizzax davlat pedagogika universitetining hovlisidan yangragan kuy-qo‘shiqlar, milliy termalar sadosi yaqin atrofga taraldi. Doshqozon atrofiga jamlangan professor-o‘qituvchilar va talaba yoshlarni ko‘rgan kishining ko‘zi quvnaydi.

Universitet kasaba uyushmalar qo‘mitasi hamda rahbariyat tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur bayramda oliygoh rektori Shavkat Sharipov bu kabi an’analarni uzoq yillar davom ettirish kerakligini,   navro‘z bayrami insonlar o‘rtasidagi mehr-oqibat rishtalari yanada mustahkamlanishiga,  bayram bahona ahillik yanada rivojlanishga, millatimizga xos bo‘lgan inoqlik, tinchliksevarlik va mehmondo‘stlikning nishonasi ekanligiga  to‘xtaldi.

Shov-shuvlarga boy, dovrug‘i yetti mahallaga doston Sumalak bazmi ana shunday iliq tilaklar bilan boshlandi. Sumalak bazmi ertaga kechgacha davom etadi.


Ulashish:
1 097
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.