Yangiliklar
Yangiliklar
|
24/07/2023
Chop etish
JDPUda kasbiy (ijodiy) imtihonlarga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi.

Abituriyentlar uchun hayajonli damlar boshlanish arafasida.

Jizzax davlat pedagogika universitetiga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga kasbiy (ijodiy) imtihonlar ertaga  25-iyuldan boshlanadi.

Qayd etish lozimki, imtihonlarni adolatli va xolis o‘tkazish maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan bir guruh mutaxassislar oliy taʼlim muassasalarida o‘tkaziladigan ijodiy imtihonlarga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishib chiqishmoqda.  Mutaxassislar ijodiy imtihonlar o‘tadigan joy va xonalar, abituriyentlar ota-onalari va kuzatuvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirishi bilan bir qatorda, muassasa hududida imtihonlarni sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilgan holda o‘tkazish, jarayonlarni videotranslyatsiya qilish, har bir hududni navbatchi tez tibbiy yordam mashinasi bilan taʼminlash, jarayon haqida tezkor axborot berib borish, imtihon jarayonlariga ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik vakillarini taklif etish bo‘yicha tegishli tavsiyalarni berishdi.

Bugun har bir oliy taʼlim muassasalari oldida muhim masala turibdi u ham bo‘lsa kasbiy(ijodiy) imtihonlarni adolatli va shaffof o‘tkazish. Mana shunday hayajonli lahzalarda ko‘nglida bir dunyo orzular bilan talaba degan nomga sazovor bo‘lish istagida bo‘lgan yoshlarga omad yor bo‘lsin deymiz.


Ulashish:
1 214
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU delegatsiyasi AQShning Georgia TESOL tashkiloti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori M.Yuldashev boshchiligidagi delegatsiyaning Amerika Qo‘shma Shtatlariga amalga oshirayotgan xizmat safari doirasida Georgia shtatining Savannah shahrida joylashgan Georgia Southern Universityda GATESOL...
Jizzax davlat pedagogika universiteti vakillari respublika konferensiyasida faol ishtirok etmoqda
26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan, respublika miqyosida “Giyohvandlikka qarshi kurashda yoshlar tashabbusi: sog‘lom jamiyat – barqaror kelajak garovi!” mavzusidagi videokonferensiya bo‘lib...