Yangiliklar
Yangiliklar
|
01/02/2024
Chop etish
JDPUda “Jizzax vohasining Turkiston ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy tarixida tutgan o‘rni” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarni JDPU rektori Sh.Sharipov ochib berdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-son “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida keltirilgan maqsadli ko‘rsatgichlarni amalga oshirish maqsadida 2024-yil 31-yanvar kuni Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zR FA tarix instituti bilan hamkorlikda  “Jizzax vohasining Turkiston ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy tarixida tutgan o‘rni” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarda O‘zR FA tarix instituti direktori, t.f.d., akademik Azamat Hamid o‘g‘li Ziyo,  t.f.d., professor  Q.K.Rajabov,  tarix fanlari doktori D.M.Jamolova, Tarix instituti tayanch doktoranti  J.Sangirov hamda JDPU Tarix fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.  Shu kuni Ilmiy, ta’lim va ma’rifiy yo‘nalishlarda unumli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Fanlar akademiyasi Tarix instituti va Jizzax davlat pedagogika universiteti o‘rtasida kelishuv imzolandi.


Ulashish:
1 068
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.