Yangiliklar
Yangiliklar
|
23/07/2024
Chop etish
JDPUda “E-saylov” axborot tizimida ishlash tartibiga doir o‘quv-amaliyot mashg‘ulotlari tashkil etildi.

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining tegishli bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan Markaziy saylov komissiyasi bilan hamkorlikda “E-saylov” axborot tizimi ishlab chiqilib, test rejimida ishga tushirildi.

Mazkur axborot tizimi saylovlarni samarali tashkil qilishda raqamli texnologiyalardan foydalanish orqali saylov jarayoni ishtirokchilari tomonidan saylov komissiyalariga hujjatlarni taqdim etish, saylov komissiyalarining qarorlarini qabul qilish, shuningdek saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa harakatlarni elektron shaklda amalga oshirish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Foydalanuvchilarining “E-saylov” axborot tizimida samarali foydalanishi bo‘yicha nazariy bilimlarini shakllantirish va tizimda ishlash tartibi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida, Jizzax viloyati saylov komissiyasi hamda «Uztelekom» Jizzax filiali hamkorligida Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Ushbu o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarida viloyat saylov komissiyasi, raisining o‘rinbosarlari va kotiblari qatnashdi.

Tinglovchilar tizim foydalanuvchisi sifatida Saylov kodeksida belgilangan tartibda o‘zlari bevosita amalga oshirishi lozim bo‘lgan harakatlarni, jumladan axborot tizimida murojaat, so‘rovnomani yaratish, yuborish, ko‘rib chiqish, qaror qabul qilish kabi harakatlarni bevosita bajarish orqali amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga erishdilar.


Ulashish:
1 002
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...