Yangiliklar
Yangiliklar
|
10/05/2024
Chop etish
JDPUda bo‘lib o‘tgan “Milliy qadriyatlar festivali” yoshlarning bayram sayliga aylandi.

Tashkil etilgan bayramda universitet talaba yoshlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Yoshlar masalalari ma’naviy -ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sarvar Nazarqosimov ma’naviyatimizning asosi bo‘lgan milliy qadriyatlar xalqimizning ulkan merosi ekanligini ta’kidladi. Globallashuv davrida yoshlarimizning ta’lim-tarbiyasiga, ongi tafakkuriga tahdidlar kuchayib borayotgan paytda o‘zligimizni, qadriyatlarimizni asrab-avaylash muhim vazifa ekanligi qayd etildi.

Universitetga kirish maydoni xalqimizning qadriyatlarni namoyish etuvchi ko‘rgazmalar bilan yanada tarovatli bo‘ldi. Milliy liboslar namoyishi, sport o‘yinlari, xalq o‘yinlari tanlovi hamda urf-odatlar, an’analar aks etgan sahna ko‘rinishlari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Unutilib borilayotgan alla, laparlar ijro etildi, “kelin salom” namoyishi esa olqishlarga sazovor bo‘ldi.

Festival doirasida tashkil etilgan tanlovlarning g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.


Ulashish:
1 153
Boshqa rubrikalarda mashhur

NOMDOR DAVLAT STIPENDIYALARIGA NOMZODLARNI SARALASH JARAYONI DAVOM ETMOQDA
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi hamda nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralashning universitet bosqichi davom etmoqda.
Davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor A. Jabbarova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgor talabalar bilan uchrashuv...
JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.