Yangiliklar
Yangiliklar
|
24/06/2025
Chop etish
JDPUda 2024/2025 o‘quv yili bo‘yicha kafedralardan hisobot olish ishlari davom etmoqda.
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2024/2025 o‘quv yili yakunlanayotganini inobatga olgan holda, kafedralar kesimida o‘quv yili davomida amalga oshirilgan faoliyatlar yuzasidan hisobot yig‘ish ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda.

Hisobotlarda kafedralarning o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlari, professor-o‘qituvchilarning yillik yuklama bajarilishi, elektron tizimdagi faoliyat samaradorligi va talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari atroflicha tahlil etilmoqda.

Mazkur jarayon universitetda faoliyatning shaffofligini ta’minlash, raqamli boshqaruv samaradorligini oshirish va ta’lim sifati ustidan muntazam monitoring olib borishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Hisobotlarni yig‘ish jarayonida O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor F.Jo‘raqulov, Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor G‘.Qodirov, O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i X.Hamzayev, Ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘limi, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi mas’ullari faol ishtirok etmoqda.

Ta’kidlash joiz, hisobotlar natijalari umumlashtirilib, universitet rahbariyati tomonidan tegishli xulosalar asosida kafedralar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilanishi rejalashtirilgan.


Ulashish:
617
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU va “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda “Unicorn International Foundation” nodavlat ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi hamda xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga abituriyentlarni jalb qilish...
Jizzaxda test sinovlarining ikkinchi kuni davom etmoqda
Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida imtihonlar ikki smenada tashkil etilmoqda. Kun davomida 1 500 ga yaqin abituriyent test sinovlarida ishtirok...
Jizzaxda 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlandi
Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida test sinovlari ikki smenada o‘tkazilmoqda.