Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/02/2025
Chop etish
JDPU Xorijiy tillar fakultetida  “Muvaffaqiyatga erishish sirlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Jizzax shahar Prezident maktabi direktori, “Mastery”o‘quv markazi hamda xususiy maktab asoschisi bo‘lgan G‘aybullayev Azizbek ishtirokida o‘tgan davra suhbatini Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.I.Nazarqosimov ochib berdi.

U o‘z so‘zida “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi, “Yoshlar ishlari agentligi” tashabbusi bilan “MFactor” hamda viloyatlar hokimliklari bilan hamkorlikda yurtimiz bo‘ylab ilk bora tashkil etilgan hamda barcha hududlar qamrab olingan “BIZNES MARAFON” kelajagini o‘z qo‘li bilan yaratish istagida bo‘lgan yoshlar uchun ayni muddao ekanligini ta’kidladi.

Ta’kidlash joiz, Respublikamizning barcha viloyat va shaharlarida o‘tkazilgan “BIZNES MARAFON” dastlabki bosqichda 30 000 ga yaqin yoshlarni oflayn, 500 000 ga yaqin yoshlarni esa onlayn qamrab olishga muvaffaq bo‘ldi. Chinakam mahorat darsiga aylangan ochiq muloqot davomida mehmon muvaffaqiyat, yaxshi natija, yutuq va omadga erishish yo‘lida nimalarga e’tibor berish lozimligi, ishtiyoq va umidni so‘ndirmaslik uchun harakatdan to‘xtamaslik kerakligi haqida maslahat va tavsiyalarni berdi.


Ulashish:
471
Boshqa rubrikalarda mashhur

“Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash” sport sinovlari boshlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash” sport sinovlari boshlandi.
Xotira va qadrlash – yuksak ehtirom
Jizzax davlat pedagogika universiteti jamoasi Jizzax shahridagi Xotira maydoniga tashrif buyurib, Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.
“BOJALAR” — 2026-YIL CHEMPIONI
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining 2026-yilgi mavsum final bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi. Unda Filologiya fakultetining “United”, Tabiiy fanlar fakultetining “Bojalar” hamda...