Yangiliklar
Yangiliklar
|
27/11/2025
Chop etish
JDPU xalqaro hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini muhokama qilmoqda.
 
Jizzax viloyati hokimligi va Xitoy Xalq Respublikasidagi Beijing Financial Street Group tashkiloti o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik doirasida Jizzax davlat pedagogika universiteti delegatsiyasi universitet rektori Yuldashev Maqsudjon Abdullayevich boshchiligida Xitoyda xizmat safarini davom ettirmoqda.

Safar doirasida delegatsiya BLCU Financial Street Group tarkibiga kiruvchi Financial Street Education tashkiloti rahbariyati bilan ilk rasmiy uchrashuvni o‘tkazdi. Muzokaralarda oliy ta’lim sohasida yangi tashabbuslar muhokama qilindi va bir qator kelishuvlarga erishildi.
Asosiy kelishuvlar:
JDPU va BLCU Financial Street Education hamkorligida universitetda Xitoy tili va madaniyati markazini tashkil etish hamda Xitoylik til o‘qituvchilarini jalb qilish.
Universitetda ikki tomonlama hamkorlik asosida Konfutsiy markazini ochish.
Xitoy tilini JDPUda ikkinchi xorijiy til sifatida joriy etish, shuningdek Beijing Language and Culture University tomonidan zarur darsliklar, o‘quv dasturlari va o‘quv materiallarini yetkazib berish.
Universitet o‘qituvchilari uchun Xitoyning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida sun’iy intellekt va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha malaka oshirish dasturlarini tashkil etish.
Hamkorlik doirasida JDPUga Xitoydan talabalarni jalb qilish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni kengaytirish va qo‘shimcha loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishga kelishib oldilar.

Ulashish:
1 593
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.