Yangiliklar
Yangiliklar
|
03/11/2025
Chop etish
JDPU va Yaponiyaning “Kinjo Gakuin University” o‘rtasida yangi hamkorlik yo‘nalishlari belgilandi.

Bugun Jizzax davlat pedagogika universiteti rahbariyati Yaponiyaning Nagoya shahrida joylashgan “Kinjo Gakuin University” professori, Nagoya–O‘zbekiston do‘stlik hamjamiyati raisi Umida Ashurova bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat davomida ikki universitet o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish va qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Professor Umida Ashurova tomonidan 15 haftalik “COIL” tizimini joriy etish hamda JDPU huzurida Yapon tili markazini ochish bo‘yicha takliflar ilgari surildi. Tomonlar ushbu tashabbuslarni atroflicha muhokama qilib, 2026-yil mart oyidan boshlab universitetda Yapon tili markazini tashkil etish va “COIL” tizimi asosida masofaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishdilar.

Uchrashuvda shuningdek, tibbiyot yo‘nalishida hamkorlik qilish, o‘qituvchilarni stajirovkaga yuborish, hamda ilmiy-amaliy loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalari ham muhokama etildi. Professor Umida Ashurova do‘stlik hamjamiyati rahbari sifatida Yapon tili markazini tashkil etishda homiylik va tashkiliy yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.

JDPU prorektori F. Akchayev mehmonga universitet faoliyati, xalqaro aloqalar va ta’lim yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Universitet barqaror rivojlanish bo‘yicha rektori maslahatchisi, G‘. Qodirov professor Umida Ashurovani kunchiqar mamlakatning samimiyati va do‘stona munosabatini olib kelgani uchun minnatdorlik bilan tabriklab, universitet rahbariyati nomidan ramziy sovg‘alarni topshirdi.

Suhbat yakunida tomonlar ilk qo‘shma muzokaralarni 2025-yil dekabr oyining birinchi haftasida ZOOM platformasi orqali o‘tkazishga kelishib oldilar.

Uchrashuvdan so‘ng mehmonlar universitetdagi “Qatag‘on qurbonlari xotira muzeyi” bilan tanishdilar.


Ulashish:
1 422
Boshqa rubrikalarda mashhur

Payshanba — Yoshlar kuni: rektor mahalladagi band bo‘lmagan yoshlar bilan uchrashdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori, professor Maksudjan Yuldashev Jizzax shahrining Zargarlik mahallasidan biriktirilgan band bo‘lmagan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
JDPUda kibergigiyena va axborot xavfsizligi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida kibersavodxonlikni oshirish, axborot xavfsizligini ta’minlash hamda oliygohni «Kiberjinoyatlardan xoli hudud»ga aylantirish maqsadida dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar ishtirokida amaliy yig‘ilish...
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik: ta’lim infratuzilmasi bosqichma-bosqich ko‘zdan kechirilmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi 2026/2027-o‘quv yilini munosib kutib olish, talabalar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida universitet fakultetlari, bo‘limlari va tegishli obyektlarida tayyorgarlik holati kompleks...