Yangiliklar
Yangiliklar
|
08/07/2025
Chop etish
JDPU va Hindistonning National Heart Institute o‘rtasidagi hamkorlik yanada mustahkamlanmoqda.

2025-yil 7-iyul kuni Jizzax Davlat pedagogika universitetiga (JDPU) navbatdagi rasmiy tashrif bilan Hindistonning National Heart Institute xalqaro hamkorlik direktori Dr. Anand Kumar Tripathi boshchiligidagi delegatsiya kelib, JDPU bilan o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish yuzasidan muzokaralar olib bordi. Delegatsiya tarkibida Zafar Khan hamda Hindistonning Janessa Educare konsalting firmasi direktori Jerry Mendes ham ishtirok etdi.

Uchrashuvda asosiy e’tibor JDPUdagi tibbiyot yo‘nalishiga Hindistonlik talabalarni jalb qilish masalasiga qaratildi. Shu munosabat bilan mehmonlar universitet infratuzilmasi, xususan, fakultet binolaridagi auditoriyalar, ma’ruza zallari, Ro‘yxatga olish (Registrator) bo‘limi faoliyati hamda talabalar uchun barcha sharoitlarga ega bo‘lgan yotoqxona bilan tanishishdi. 24 soat faoliyat yurituvchi hamda turli sohalarga oid boy kitob fondiga ega zamonaviy kutubxona mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Tashrif doirasida, talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlashlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish maqsadida, Dr. Anand boshchiligidagi mehmonlar Jizzax shahridagi qator tibbiyot muassasalariga ham tashrif buyurishdi.


Ulashish:
3 598
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.
JDPU va “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda “Unicorn International Foundation” nodavlat ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi hamda xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga abituriyentlarni jalb qilish...
Jizzaxda test sinovlarining ikkinchi kuni davom etmoqda
Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida imtihonlar ikki smenada tashkil etilmoqda. Kun davomida 1 500 ga yaqin abituriyent test sinovlarida ishtirok...