Ekofaol talabalar
Ekofaol talabalar
|
16/05/2025
Chop etish
JDPU talaba-qizlari «Yoshlar va iqlim» xalqaro festivalida
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — Jizzax davlat pedagogika universiteti talabasi Baxtiyorova Sevinch hozirda «Yoshlar va iqlim» xalqaro festivalida faol ishtirok etmoqda. Ushbu nufuzli tadbirda u o‘zining innovatsion loyihasi — «Eko Izquvar» mobil ilovasi orqali ishtirok etmoqda.

«Yoshlar va iqlim» festivali ekologik barqarorlik, yashil g‘oyalar va iqlim o‘zgarishiga qarshi yoshlarning faolligini oshirish maqsadida tashkil etilgan. Tadbir doirasida ishtirokchilar o‘z loyihalari, startap va tashabbuslari bilan tanishtirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Baxtiyorova Sevinch tomonidan ishlab chiqilgan «Eko Izquvar» ilova atrof-muhit muhofazasiga qaratilgan ekotarg‘ibot, chiqindilarni saralash va qayta ishlash madaniyatini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

Universitetimiz talabasining mazkur xalqaro maydonda ishtirok etishi JDPUdagi ta’lim va innovatsiyaning yuqori darajasidan dalolat beradi. Shuningdek, ushbu muvaffaqiyat yosh avlodning iqlim muammolariga nisbatan ongli munosabatini shakllantirishda muhim qadam hisoblanadi.


Ulashish:
781
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.