Yangiliklar
Yangiliklar
|
12/09/2023
Chop etish
        JDPU rektoriga biriktirilgan talabalarining murojaatlari ijobiy yechim topmoqda.

Prezidentimiz raisligida joriy yil 11-aprel kuni o‘tkazilgan yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlar bilan individual ishlash tashabbusi ilgari surildi.

Davlatimiz rahbari yoshlar bandligini taʼminlash, sifatli taʼlim bilan qamrab olish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda sog‘lom fikrlashlariga zamin yaratish yuzasidan tegishli vazifalarni belgilab berdi. Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Sh.Sharipovga 47 nafar talaba yoshlar biriktirilgan edi. Universitet rektori va tashkil etilgan ishchi guruh yangi o‘quv yili avvalida  biriktirilgan yoshlar yashaydigan har bir xonadonni borib o‘rgandi. Ularning ota-onalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Muammolarini tinglab, yechimini topish yo‘llarini belgilab oldi.

Bugun ana shu muloqotning davomi sifatida rektor talaba yoshlar bilan yuzma-yuz uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda har bir talabaning murojaatlari tinglandi. Taklif va murojaatlar turfa xil. Kimdir Foydali va darsdan tashqari mehnat bilan band bo‘lish istagini bildirsa. Yana kimdir til o‘rganish ehtiyoji borligini taʼkidladi.

 

Ochiq tarzda bo‘lib o‘tgan suhbat so‘ngida talaba yoshlarga motivatsiya berish maqsadida ularga badiiy kitoblar sovg‘a qilindi.  Bildirilgan fikrlar va takliflar o‘rganilishi va albatta ijobiy yechim topishi taʼkidlandi.


Ulashish:
1 017
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.