Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/01/2025
Chop etish
JDPU o‘qituvchilari Xalqaro treningda
9-yanvar kuni O‘zDJTUda “Ingliz tili o‘qituvchilarining uzluksiz malakasini oshirish  tamoyillari” (Accelerating English Language Learning in Central Asia) mavzusidagi intensiv trening o‘z ishini boshladi.

Treningda O‘zDJTU rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etdi. Dastur doirasida xorijiy mutaxassislar Thom Kiddle, Emma -Jayne Robinson, Lisa Mann, Jamilya Gulyamova va Saida Irgashevalar o‘z mahoratlari va tajribalarini ishtirokchilar bilan bo‘lishdi.

Britaniya Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Toshkent davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan loyihada 160 nafar ingliz tili o‘qituvchilar malakasini oshirish maqsadida  ishtirok etdi.

Ushbu Xalqaro treningda JDPU Xorijiy tillar fakulteti, Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirok etishmoqda. Eslatib o‘tamiz: loyiha 2024-2025 yillarda O‘zbekistonda ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, xalqaro standartlarga moslash va samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim qadamdir. Milliy ta’lim tizimining rivojlanishida muhim o‘rin egallayotgan mazkur trening 11-yanvarga qadar davom etadi.


Ulashish:
865
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.