Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaga qarshi kurash
|
14/02/2025
Chop etish
JDPU Maktabgacha ta’lim fakulteti professor-o‘qituvchilar va xodimlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Umrzoqov boshchiligida o‘tkazilgan davra suhbati davomida Ishga qabul qilinayotganida manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi/mavjud emasligi to‘g‘risidagi arizani elektron va qog‘oz ko‘rinishida olish, tahlil qilish, manfaatlar to‘qnashuvi mavjud bo‘lgan taqdirda o‘rnatilgan tartibda choralar ko‘rish, manfaatlar to‘qnashuvi kelib chiqishining oldini olish masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, bo‘limga kelib tushgan korrupsiyaga oid murojaatlar bo‘yicha mas’ul xodimlarga xabar berish tizimini ishlab chiqish, korrupsion xavf-xatarlarni baholashda ishtirok etish va boshqa bir qancha masalalar aytib o‘tildi.

Tadbir so‘ngida » Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bo‘yicha ham tushunchalar berildi.


Ulashish:
1 048
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.