Yangiliklar
Yangiliklar
|
22/09/2025
Chop etish
JDPU faxriylari Zominda

Jizzax davlat pedagogika universitetining faxriy ustozlari uchun Zomin tumaniga sayohat tashkil etildi. Universitet rahbariyati va Kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamkorligida uyushtirilgan ushbu sayohat davomida ustozlarimiz Zomin milliy bog‘i, turistik zonalar va diqqatga sazovor joylar bilan tanishdilar.

Faxriy ustozlar mashhur osma ko‘prik va kanat yo‘li orqali Zominning go‘zal tabiatidan bahramand bo‘ldilar.

Joriy yilning 20–21-sentyabr kunlari professor-o‘qituvchilar uchun tashkil etilgan ikki kunlik sayohat tabiat qo‘ynida, tog‘ manzaralari bag‘rida o‘tdi. Ishtirokchilar Zominning betakror go‘zalliklaridan bahramand bo‘lib, tog‘li hududlarda sayr qildilar, osma ko‘priklar bo‘ylab yurib va dor yo‘lida harakatlanib, atrof-muhit manzarasini tomosha qildilar.

Sayohat davomida ustozlar bir-birlari bilan samimiy muloqotda bo‘lib, tajriba almashdilar, faol hordiq chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bu esa ularning ish faoliyatiga yangi kuch-g‘ayrat bag‘ishlab, jamoada o‘zaro ishonch va hamjihatlikni mustahkamladi.

Sayohat yakunida professor-o‘qituvchilar tashabbus uchun universitet rahbariyati va Kasaba uyushmasi qo‘mitasiga chuqur minnatdorchilik bildirdilar. Shu bilan birga, bunday tadbirlarning muntazam ravishda tashkil etilishi xodimlarning ishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirishi, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishi va mehnat unumdorligini yuksaltirishga xizmat qilishini alohida ta’kidladilar.

Universitet rahbariyati va Kasaba uyushmasi qo‘mitasi kelgusida ham xodimlar uchun mazmunli hordiq chiqarish, ma’naviy va ma’rifiy tadbirlarni doimiy ravishda tashkil etishni rejalashtirmoqda.


Ulashish:
973
Boshqa rubrikalarda mashhur

Universitetda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
Jizzax viloyati hokimligi ishchi guruhi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘rganish ishlari olib borildi.
Payshanba — Yoshlar kuni: rektor mahalladagi band bo‘lmagan yoshlar bilan uchrashdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori, professor Maksudjan Yuldashev Jizzax shahrining Zargarlik mahallasidan biriktirilgan band bo‘lmagan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
JDPUda kibergigiyena va axborot xavfsizligi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida kibersavodxonlikni oshirish, axborot xavfsizligini ta’minlash hamda oliygohni «Kiberjinoyatlardan xoli hudud»ga aylantirish maqsadida dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar ishtirokida amaliy yig‘ilish...