Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/07/2025
Chop etish
JDPU Dotsenti Dildora Bahriddinova ISTELive 25 Konferensiyasida ishtirok etdi.
2025-yil 29-iyun – 2-iyul kunlari AQSHning Texas shtati, San-Antonio shahrida bo‘lib o‘tgan “ISTELive 25 Conference” nomli nufuzli xalqaro anjumanda JDPU Xorijiy tillar fakulteti, Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi dotsenti Bahriddinova Dildora faol ishtirok etdi.

Mazkur anjuman «Sun’iy intellekt tomonidan takomillashtirilgan til o‘rganish uchun innovatsiyalar va ilg‘or tajribalar» mavzusidagi xalqaro almashinuv dasturining 2-haftasi doirasida tashkillashtirildi. Unda dunyoning turli davlatlaridan 17 000 dan ortiq o‘qituvchi va ta’lim sohasidagi yetakchilar ishtirok etib, 1 000 dan ziyod sessiya, asosiy ma’ruzalar hamda interaktiv ko‘rgazmalar orqali ta’limda ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish bo‘yicha tajriba almashdilar.

Anjuman doirasida sun’iy intellektning ta’lim jarayonidagi o‘sib borayotgan roli, innovatsion yondashuvlar, o‘qitish samaradorligini oshirishga qaratilgan texnologik yechimlar muhokama qilindi. Shuningdek, ishtirokchilar seminar va treninglarda qatnashib, ta’limdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishdilar.

Dildora Bahriddinovaning konferensiyadagi ishtiroki xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni O‘zbekiston ta’lim tizimiga tatbiq etish hamda ingliz tilini o‘qitishda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish yo‘llarini o‘rganishda muhim qadamlardan biri bo‘ldi. “ISTELive 25 Conference” o‘qituvchilarning malakasini oshirish, o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish va global miqyosda ta’limda ijobiy o‘zgarishlarga erishish yo‘lida katta ahamiyat kasb etdi


Ulashish:
797
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Mustaqillik to‘yi»ning asosiy tantanalari yoshlar ijodi bilan davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbirining asosiy tantanalari o‘tkazildi.
JDPUda «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri tantanali nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri «Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod...
Universitetda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
Jizzax viloyati hokimligi ishchi guruhi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘rganish ishlari olib borildi.