Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
03/03/2021
Chop etish
“Izlanish” klubida shoira SH.Ahrorova mehmon bo‘ldi.

Xabaringiz bor  A. Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti qoshida  oliygoh  rektori, professor Shavkat Sharipov tashabbusi bilan “Izlanish” klubi  tashkil etilgan edi.

Bugungi kunda “Izlanish” Klubiga institutdagi iqtidorli talabalar jalb etilib, she’riyat, nasr, adabiyotshunoslik, badiiy tarjima shu’ balari bo‘yicha izlanishlar olib borilmoqda.

Klubga o‘zbek adabiyoti va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti Zuhra Mamadalieva rahbar, etib tayinlagan. 2 mart kuni «Izlanish» klubi a’zolari bilan el ardog‘idagi shoira Shahlo Ahrorova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuvda Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyat xududiy bo‘limi mutaxassisi Salim Kamolov, Viloyat MTDP viloyat bo‘limi  mutaxassisi Dilafruz Murodova, shoira Zilolabonu hamda o‘zbek adabiyot o‘qitish metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalar ishtirok etdilar

 

Qiziqarli o‘tgan uchrashuvda Dilobod Qosimova, Jamila Hakimova, Madina Hasanova kabi iqtidorli talabalar shoiraga ijod falsafasi, she’r yozish texnikasi bo‘yicha savollar berishdi.

Uchrashuvda ijodkor talabalar o‘z ijtimoiy namunalarini o‘qib berib, uchrashuv mehmonlaridan bu boradagi maslahatlarini oldilar.

 


Ulashish:
856
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar va sprot masalalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
2026-yil 24-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika ishchi guruhi tomonidan Jizzax viloyatida...
O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev Jizzax davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida u talaba-yoshlar bilan uchrashib, ularning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlar faolligini yanada oshirishga doir fikr va takliflarini bildirdi.