Yangiliklar
Yangiliklar
|
17/10/2023
Chop etish
 “INNOWEEK-2023” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida tashkil etilgan “Yoshlar kuni” forumining taqdirlash bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Taqdirlash marosimini JDPU Ilmiy ishlar  va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor G‘.Qodirov ochib berdi. Tadbirda shuningdek yig‘ilganlarga Jizzax vohasining madaniy, tarixiy va tabiiy-rekratsion resurslari asosida qo‘shimcha turistik marshrutlarni shakllantirish hamda Suvda og‘ir metallarni rentgenofluoressent aniqlash usuli mavzularida ma’ruzalar o‘qildi. Shundan so‘ng taqdirlash marosimi boshlandi.

INNOWEEK-2023” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmadagi ishtiirokchilarning innovatsion ishlanmalari  “Eng yaxshi innovatsion ko‘rgazma”  “Eng yaxshi innovator o‘qituvchi”  “Eng yaxshi tadbirkor talaba” nominatsiyalar bo‘yicha baholandi.

Tadbirda shuningdek  Talabalar akademiyasi a’zolari uchun ta’sis etilgan Universitet stipendiyalari tanlovi g‘oliblari ham taqdirlandi Tadbirga ijodkor talaba yoshlarning musiqiy chqishlari yakun yasadi.

 


Ulashish:
998
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.