Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Tafakkur ziyosi

 

Maxsus son-2022

2022 yil 1-maxsus son

2022 yil 1-son

2022 yil 2-son 1-bo’lim

2022 yil 2-son 2-bo’lim

 

  2021 yil 4-son

2021 yil 3-son

2021 yil 2-son

2021 1-son

2020 yil 4-son

2020 yil 3-son

2020 yil 2-son

2020 yil  1-son

2019 yil  4-son

2019 yil  3-son

2019 yil 2-son

2019 yil 1-son

«TAFAKKUR ZIYOSI» JURNALIDA

CHOP ETILADIGAN MAQOLALARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:

1.Jurnalda Taqvim; Pedagogika-psixologiya va innovatsion ta’lim; Amaliy fanlar, Ijtimoiy fanlar; Filologiya fanlari; Tabiiy va aniq fanlar; Yosh tadqiqotchilar (magistr, doktorant, stajiyor o‘qituvchi)   kabi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-uslubiy maqolalar qabul qilinadi. 2. Jurnal tahririyatiga taqdim etilayotgan maqolaga:

– Maqola o‘zbek va qisman ingliz-rus tillarida qabul qilinadi;

– maqolaga o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi mavzu nomi, annotatsiya, kalit so‘zlari bilan birga qabul qilinadi.

– maqola yozilgan fan yo‘nalishi bo‘yicha fanning yetakchi mutaxassislari imzolagan (imzo tegishli tartibda tasdiqlangan bo‘lishi lozim) taqriz-tavsiya (ilmiy darajasi bo‘lmaganlar uchun) ilova qilinadi.

3.Maqola jurnal tahririyatiga “Microsoft Word” dasturida (“Times New Roman” 14 o‘lchamli shriftda, satrlar orasi 1,15 intervalda) terilgan holda elektron varianti (fleshkada) bilan topshiriladi. 4.Maqolaning umumiy hajmi (rasm, jadval va diagrammalar bilan birgalikda) 5 sahifadan 8 sahifagacha bo‘lishi tavsiya etiladi. 5.Muallifning familiyasi, ismi, sharifi, ish joyi, lavozimi, u bilan bog‘lanish mumkin bo‘lgan manzil (uy va xizmat telefon raqamlari, elektron pochta) ko‘rsatilishi lozim. 6.Agar maqolaga rasm, jadval, diagramma, sxema, chizma, turli grafik belgilar kiritilgan bo‘lsa, oq-qora ranglarda chizilgan bo‘lishi, ranglar aniq va ravshan tasvirlanishi, qisqartmalarning to‘liq izohi yozilishi lozim. Rangli rasm, jadval va diagrammalari mavjud maqolalar boshqa maqolalarga qaraganda (chop etishda) ustunlik ahamiyat kasb etadi. Faqat istisno tarzida ba’zi maqolar uchun qo‘shimcha harajatlarni mualliflar hisobidan qoplash sharti mavjud. 7.Iqtibos olingan yoki foydalanilgan adabiyotlar satr osti izohi (snoska) tarzida ko‘rsatiladi. Bu o‘rinda kitob, to‘plam, monografiyalar uchun mualliflarning ism-familiyalari, manbaning to‘liq nomi, nashr ko‘rsatkichi (shahar, nashriyot va nashr yili) va albatta ko‘chirilgan sahifasi ko‘rsatilishi lozim. Jurnal maqolalari va boshqa davriy nashrlar uchun mualliflarning ism-familiyalari, maqola nomi, jurnal nomi, yili va soni, sahifa nomeri ko‘rsatiladi. 8. Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan maqolalar dastlabki texnik ekspertlar tomonidan qabul qilinmaydi va ko‘rib chiqilmaydi. 9. Tahririyatga taqdim qilingan maqola eng avval mualliflik nuqtai nazaridan tekshiriladi. Matnda plagiat aniqlangan taqdirda maqolani ko‘rib chiqish to‘xtatiladi. Tahririyat plagiat holati aniqlangan maqolalar yuzasidan muallif faoliyat yuritayotgan muassasaga ko‘chirib olingan manbalarni ilova qilgan holda axborot yuborishi mumkin. 10.Mualliflik jihatidan tekshiruvdan o‘tgan maqola tahririyat tomonidan o‘rnatilgan tartibda taqriz (ya’ni ekspert)ga beriladi. Maqola taqrizdan qaytgach, agar zarur bo‘lsa, barcha savol va e’tirozlar bo‘yicha muallifga qayta ishlash uchun taqdim etiladi. Maqola nusxalari mualliflarga qaytarilmaydi. 11.Ijobiy taqriz olgan maqola tahririyat tomonidan qabul qilingan sanaladi. Jurnal tahririyati maqola matnini qisqartirish va unga tahririy o‘zgartirishlar kiritishga haqlidir. 12.Jurnalni asosan elektron (PDF) holatda mualliflarga tarqatish rejalashtirilgan. Jurnalni asl (qog‘oz) holatda olish uchun tahririy nashriyot bo‘limi qo‘shimcha (50000) to‘lov talab qilishga haqli.

– Mazkur talablarga ko‘ra tayyorlangan maqolalar tahririyat tomonidan Tahrir Hay’atiga  ko‘rib chiqish uchun topshiriladi va nashrga tavsiya etilgach hamda belgilangan  to‘lov (200 000 so‘m) o‘tkazilgach, jurnalda chop etiladi.

 

TAHRIRIYAT MANZILI: JDPI Axborot Resurs Markazi joylashgan binoning pastqi qavati, “Tafakkur ziyosi” jurnali tahririyati xonasi. Ma’lumotlar uchun telefon: (+99872) 226-02-93; +99897-644-84-44 (tarix f.b.f.d. (PhD) F.Sh.Akchaev)