Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
18/09/2019
Chop etish
Hushyorlikka da’vat…

Ogoh bo‘lish biron sohaning o‘zigagina qarashli, ahamiyatli xolos emas. U , barcha uchun birdek muhim masala hisoblanadi. Bir so‘z bilan aytadigan bo‘lsak, ogohlik, hushyorlik doimo muhim mavzudir.

Xo‘sh biz Farzandlarimizning tarbiyasiga qay darajada e’tiborlimiz, ularning tarbiyasi uchun yoki ular nimalar bilan mashg‘ulligi borasida bilish uchun qancha vaqt ajratyapmiz?! Farzandlarimizga o‘zimiz ham ishlatishni bilmaydigan qurilmalar (telefon, planshet, kompyuter va boshqalar)ni olib beryapmiz. Ular bundan qanday maqsadda, qay yo‘sinda foydalanayotganligiga kunda bir bora bo‘lsa ham e’tibor beryapmizmi?! Ular bo‘sh vaqtlarini nimalarga va kimlarga sarflayotganligi borasida bilamizmi?! Ming taassuflar bo‘lsinki, bu savollarni aksariyatiga javob bera olmaymiz. Sababi, bu narsalarga ko‘p hollarda beparvolik qilyapmiz! Buning oqibati haqida fikr yuritib ko‘rdikmi?!… Jizzax davlat pedagogika instituti “ Madaniyat saroyi” da Jizzax viloyat IIB i vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbir ham ana shu dolzarb masalaga bag‘ishlandi.

Jizzax davlat pedagogika instituti
Jizzax davlat pedagogika instituti

 

Unda ishtirok etgan Jizzax viloyat IIB si xodimlari o‘z ma’ruzalarida talaba yigit qizlarimizni xushyor bo‘lishlikka va loqayd bo‘lmaslikka yon atrofda bo‘layotgan voqea hodisalarga beparvo bo‘lmaslikka da’vat etdi. Ma’lumotlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak , 2019 yilning o‘tgan 8 oyi davomida viloyat hududida “ Sovuq quroldan , hayot va sog‘liq uchun xavfli boshqa buyumlardan” foydalanilgan holda 72 ta jinoyat sodir etilgan .agar bu jinoyatlarning sodir etilgan vaqtlariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak,ular asosan tungi vaqtlarda (soat 18:00dan-24:00 gacha ) sodir etilgan.

Jizzax davlat pedagogika instituti
Jizzax davlat pedagogika instituti

 

Beparvolik, loqaydlik va hattoki buzg‘unchilik singari illatlarning avvali bekorchilikdan boshlanadi. Kishi bekorchi bo‘lib qolganda albatta hayoliga turli fikrlar keladi. Mana shu fikrlarni to‘g‘rilikka yo‘naltirishga irodasi yetmagan kimsalarda albatta buzg‘unchilik, fitna-fasod paydo bo‘ladi. Chunonchi bekorchilik ko‘paygani sayin dangasalik kuchayadi. Zero, hayot, umr vaqtlardan iboratdir. Xo‘sh, bugun bizning oliygohimiz talabalari nimalar bilan mashg‘ul, ularning qancha vaqtlari yoki kunlari bekorchilikda o‘tyapti? Biz bugun mana shular borasida atroflicha, vijdonan fikr yuritib ko‘rishimiz lozim. Chekka tumanlardan ,uzoq viloyatlardan ilm olish uchun kelgan talabalarimiz darsdan so‘ng nimlar bilan mashg‘ul bo‘lishmoqda? Bugungi tadbirda ko‘zlangan maqsad ham shu edi,o‘ylaymanki tadbirda ishtirok etgan talabalarimiz IIB xodimlari tomonidan keltirilgan turli xil jinoyatlar va ularga sababchi bo‘lgan omillar to‘g‘risida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi va o‘zlariga kerakli to‘g‘ri xulosani chiqarib olishadi. “ –deydi institut yoshlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha prorektor Sarvar Nazarqosimov

Jizzax davlat pedagogika instituti
Jizzax davlat pedagogika instituti

 

Ogohlik, xushyor bo‘lib yashash, bir kunlik yoki muayyan bir mavsumiy masala emas. Bu borada doimo e’tiborli bo‘laylik. Yoshlarimizning kelajagi,ularning istiqboli borasida ko‘proq qayg‘uraylik, mana shundagina ajdodlarimizga munosib avlod bo‘lamiz.

Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati


Ulashish:
1 011
Boshqa rubrikalarda mashhur

Kitobxonlik Tanlovining Ikkinchi Bosqichi: Zakovat Intellektual Bellashuvi O‘tkazildi.
Universitet rektori tashabbusi bilan tashkil etilgan kitobxon talaba tanlovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Birinchi bosqich — test sinovi bo‘lib, unda talabalar o‘qigan kitoblari bo‘yicha bilimlarini...
JDPU–Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamkorligi amalda.
Jizzax davlat pedagogika universiteti va Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
JDPU professor-o‘qituvchilari uchun “Olimlarga ehtirom” shiori ostida jamoaviy hordiq tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektorati va kasaba uyushmasi tashabbusi bilan professor-o‘qituvchilar uchun jamoaviy dam olish tadbiri o‘tkazildi.