Yangiliklar
Yangiliklar
|
18/03/2023
Chop etish
Hasharchilar hormang…

Navro‘z umumxalq bayrami va muborak Ramazon oyi arafasida  “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkazilgan  umumxalq xayriya hasharida Jizzax davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari hamda talaba yoshlari ham faol ishtirok etishdi.

Shu kuni universitetning Bog‘ishamol hududida joylashgan “Talabalar bog‘i”,  Bo‘ston shaharchasidagi Sirtqi bo‘lim hamda bosh binoda obodonlashtirish va ko‘chat ekish tadbirlari tashkil etildi. Xabaringiz bor 11 mart kuni tashkil etilgan hasharda 1957 dona (shotut, pavloniya, katalpa)  kabi mevali hamda manzarali ko‘chatlar ekildi. Bugun ushbu hududga  4000 dona ( shotut, pavloniya, katalpa, terak, anor, flion, yasin)  kabi ko‘chatlar qadaldi. Shuningdek shaxrimizdagi Bog‘ishamol hududida joylshagan “Talabalar bog‘i” ham   1000 dona mevali hamda manzarali nihollar ekildi.

Hashar, obodonlashtirish bo‘layotgan joyda mehnat qilayotganlarga “Hormanglar!” deyish o‘zbekning o‘ziga xos fazilatlaridan biridir. Shunday azaliy qadriyatni ulug‘lab, o‘z hissasini qo‘shishni istagan universitet rektori Sh.Sharipov boshchiligidagi rahbariyat vakillari ishtiyoq bilan ko‘chat ekayotgan talaba yoshlar  huzuriga kelib, ular holidan xabar olishdi.

Yurtimizda o‘zaro hurmat, keksalar, o‘ksik ko‘ngillar holidan xabar olish, hasharlar tashkil qilish millatimiz ruhiga singib, necha asrdirki avloddan-avlodga o‘tib, xalqimizni birligi va totuvligida muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Ayniqsa, ma’naviy hayotimizning uzviy qismiga aylangan hashar umummilliy an’anaga aylangan desak mubolag‘a emas.

Urf-odatga aylangan hashar nafaqat tozalik, balki odamlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlikni ham keltirib chiqaradi.


Ulashish:
1 763
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazish jarayoni va uning joriy holati muhokama qilindi.
Jizzax shahridagi 22 ta umumta’lim maktabi hamda «Best School» xususiy maktabida Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazish jarayoni tashkil etildi.
Sejong universiteti bilan hamkorlik bo‘yicha muzokaralar davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Janubiy Koreyaning Sejong universiteti vakillari bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.