Yangiliklar
Yangiliklar
|
10/04/2025
Chop etish
Germaniyaning ASIIN Xalqaro ta’lim va akkreditatsiya agentligi  mutaxassislari,  ekspertlar guruhi o‘qituvchilar bilan suhbat qurishdi.

Suhbat tanishuvdan boshlandi. Ekspert Rainer Arnold va Tilman Achstetter tabiiy fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan suhbat davomida ikki kun mobaynida universitetda yaratilgan sharoitlar va qilinayotgan ishlar bilan tanishib chiqishganini, bugun oliygohda o‘qituvchilarga qanday sharoitlar yaratilganini bilish istagida ekanliklarini va ulardan taklif, fikrlarni tinglashga tayyor ekanliklarini bildirishdi. Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda o‘quv dasturlari, o‘qitishning mazmuni va usullari, talabalarga maslahat va yordam berish, professor-o‘qituvchilar va boshqa pedagogik-xodimlarning malakasini oshirish, ilmiy-tadqiqot, ma’lumotlar bazalaridan foydalanish borasida amalga oshirilgan ishlar xususida so‘z bordi.


Ulashish:
724
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida yangi o‘quv yilini boshlagan birinchi bosqich talabalari uchun “Mustaqillik darsi” tashkil etildi.
Dars universitet rektori Maksudjan Yuldashev ishtirokida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh g‘oyasi asosida o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston mustaqilligining tarixiy ahamiyati,...
Mehmonlar JDPUda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar
Tashrif davomida mehmonlar universitet rektori boshchiligida ta’lim muassasasi hududini aylanib, tubdan ta’mirlangan bino va zamonaviy o‘quv xonalari hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Talabalikka bag‘ishlov» tantanali tadbiri bo‘lib o‘tdi
Yangi o‘quv yilida 3360 nafar yosh universitet talabalari safiga qo‘shilib, o‘z hayotining yangi va muhim bosqichini boshlamoqda.