Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Gender tengligi
Gender tengligi
|
02/02/2025
Chop etish
Gender tenglik masalasi.

Gender tengligi va jinsiy tenglik, aniqrog‘i: erkaklar va ayollar o‘rtasidagi tenglik — bu oilada va jamiyatda erkaklar va ayollar o‘rtasida teng huquqlarga erishishni nazarda tutadigan tushuncha va boshqa qonuniy munosabatlar. Ba’zi tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra , gender tengligi — bu patriarxal tizimdan keyingi ijtimoiy-jinsiy munosabatlarning keyingi bosqichi. Gender tengligi tamoyili insonning shaxs sifatida paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qiladigan barcha ijtimoiy to‘siqlarni o‘rganish va yo‘q qilish, shuningdek, hayotning barcha sohalarida erkaklar va ayollar shaxsiyatini anglash uchun teng ijtimoiy imkoniyatlarni yaratishdan iborat.

O‘zbekiston gender tengligi ko‘rsatkichi ro‘yxatida 2019-yildan boshlab qatnashishni boshladi. 2019-yil holati bo‘yicha O‘zbekistonning gender tengligi ko‘rsatkichi ro‘yxatdagi 189 mamlakat ichida 62-o‘rinni egalladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) ekspertlarining fikriga ko‘ra, O‘zbekistondagi har 100 000 dan 29 ayol gender tengsizlik tufayli vafot etishi va 15-19 yoshdagi har ming o‘spirin qiz uchun tug‘ish ko‘rsatkichi 23,8 ni tashkil qiladi.


Ulashish:
916
Boshqa rubrikalarda mashhur

 “Men kelajagimga befarq emasman” psixologik aksiyasi o‘tkazildi.
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tashabbusi bilan Narkoprofilaktika oyligi doirasida “Men kelajagimga befarq emasman” nomli psixologik aksiya tashkil etildi.
“Kitobxon talaba – 4”: nufuzli asarlar bilimdonlarni saraladi.
Universitetda “Kitobxon talaba” tanlovining 4-mavsumi Yoshlar yetakchilari boshchiligida yuqori saviyada tashkil etildi. Tanlov bu gal adabiyot ixlosmandlari uchun dolzarb va mazmunan chuqur bo‘lgan asarlar asosida...
“Bitiruvchi – 2026”: Ish beruvchilar bilan ochiq muloqot va ishga taqsimot.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fakultetida “Bitiruvchi – 2026” mavzusida ish beruvchilar bilan uchrashuv hamda yakuniy ishga taqsimot tadbiri tashkil etildi.