Yangiliklar
Yangiliklar
|
26/05/2018
Chop etish
Fidoying bo‘lgaymiz seni O‘zbekiston

2018 yil 24 may kuni Jizzax viloyat davlat musiqali drama teatrida Chet tillar fakulteti Yoshlar ittifoqi yetakchisi hamda kengash a’zolari tashabbusi bilan “Fidoying bo‘lgaymiz seni O‘zbekiston” shiori ostida yil yakuni hisobot konsert-dasturi o‘tkazildi. Tadbir boshida jamoatchilik ishlarida faol professor-o‘qituvchi va talabalarni turli nominatsiyalarda faxriy yorliq va sovg‘alar bilan taqdirlanishdi. So‘ngra talabalar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi boshlandi.


Ulashish:
2 700
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi.
JDPU va “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda “Unicorn International Foundation” nodavlat ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi hamda xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga abituriyentlarni jalb qilish...
Jizzaxda test sinovlarining ikkinchi kuni davom etmoqda
Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida imtihonlar ikki smenada tashkil etilmoqda. Kun davomida 1 500 ga yaqin abituriyent test sinovlarida ishtirok...