Yangiliklar
Yangiliklar
|
07/05/2024
Chop etish
Faxriylar va bitiruvchilar uchrashuvi tashkil etildi.

Bugun Jizzax davlat pedagogika universiteti Jismoniy madaniyat fakultetiga universitetning ilk bitiruvchilari va faxriy ustozlar to‘planishdi.

«Uch avlod uchrashuvi» deb nomlangan diydorlashuv tadbiri faxriy mehmonlarning fakultetda yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdan boshlandi.

Universitetning 50-yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirga yig‘ilganlarni fakultet rahbariyati esdalik sovg‘alari bilan taqdirlashdi. Shirin diydor mazmunli suhbatga ulandi.

So‘z olganlar kechagi va bugungi oliygoh faoliyati bilan bog‘liq qiziqarli voqealarni yodga olishdi.

Tadbir so‘ngida fakultetni bu yil bitirib ketayotgan bitiruvchilar bilan uchrashuv tashkil etildi. Savol-javoblar va qiziqarli suhbatlar asosida tashkil etilgan uchrashuv so‘ngida musiqiy chiqishlar namoyish etildi.


Ulashish:
994
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.