Yangiliklar
Yangiliklar
|
07/11/2022
Chop etish
  “Eng yaxshi talaba” ko‘rik-tanlovining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-dekabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-57 son qarorining 13-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan tanlovda salohiyatini namoyish  istagida bo‘lgan 8  nafar imkoniyati cheklanga talaba yoshlar  ishtirok etishdi. Ishchi guruhiga taqdim etilgan hujjatlar asosida  quyidagi natijalar qayd qilindi.

1-o‘rin: Tabiiy fanlar fakulteti 4 kurs talabasi- D.Agzamovaga, 2-o‘rin Boshlang‘ich ta’lim fakulteti 4 kurs talabasi-  H.Aliqulovaga, 3-o‘rin Maktabgacha ta’lim fakulteti 3 kurs talabasi- M.Islomovaga va yana 3-o‘rin: Tarix fakulteti 2 kurs talabasi-  A.Eshmurodovga nasib etdi.Ta’kidlash joiz, Imkoniyati cheklangan talabalar o‘rtasida tashkil etilgan ushbu tanlov shu yildan o‘tkazilishi joriy etildi.


Ulashish:
1 168
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...