Yangiliklar
Yangiliklar
|
22/11/2024
Chop etish
“Eng yaxshi rasmlar” tanlovining “Eng yaxshi rasm” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblari aniqlandi.
Universitetda tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida “9-dekabr-Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!” mavzusida “Eng yaxshi rasmlar” tanlovining “Eng yaxshi rasm” va “Eng yaxshi hajviy rasm” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi:

“Eng yaxshi rasmlar” tanlovining “Eng yaxshi rasm” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblari:1-o‘rin Xorijiy tillar fakulteti talabasi Jasmina Abduvaliyevaga, 2-o‘rin Fizika va texnologik ta’lim fakulteti talabasi Shahlo Akramovaga, 3-o‘rin Fizika va texnologik ta’lim fakulteti talabasi Umida Bo‘riyevaga nasib etdi.

“Eng yaxshi rasmlar” tanlovining “Eng yaxshi hajviy rasm” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblari: 1-o‘rin Fizika va texnologik ta’lim fakulteti talabasi Farzona Chinaliyevaga, 2-o‘rin Fizika va texnologik ta’lim fakulteti talabasi Muzaffar Anorboyevga, 3-o‘rin Fizika va texnologik ta’lim fakulteti talabasi E’zoza Ahmedovaga nasib etdi.

Tanlovning g‘oliblari diplomlar va 1-o‘rin uchun bazaviy stipendiya miqdorining 2 barobari, 2- o‘rin uchun bazaviy stipendiya miqdorining 1.5 barobari, 3-o‘rin uchun bazaviy stipendiya miqdorining 1 barobari miqdorida pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi. Universitet bosqichida g‘olib bo‘lgan 1 va 2-o‘rin sohiblari Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.


Ulashish:
1 257
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.