Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
E’lonlar
E’lonlar
|
24/06/2025
Chop etish
E’LON
Yoshlar uchun IT xizmatlari bo‘yicha yangi o‘quv kurslari tashkil etildi!

2025-yil aprel oyidan boshlab IT xizmatlari sohasida yoshlarga zamonaviy kasblar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar berish maqsadida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shimcha o‘quv kurslari tashkil etildi:

🔹 Animatsiya

🔹 3D modellashtirish

🔹 O‘yin dizayni va GameDev asoslari

🔹 VFX Compositing

🔹 FX Simulation

🔹 Unreal Engine

🔹 Raqamli vizual san’at (Cinema 4D)

📌 Birinchi o‘quv yilida tajriba tariqasida 800 nafar tinglovchi qabul qilinishi belgilangan.

📥 Qabul uchun talab:

Davlat OTMlarining bakalavriat bosqichida 2-kursni akademik qarzdorliksiz yakunlagan talabalar qatnashishi mumkin.

🖥 Ariza topshirish:

👉 https://creativetech.uz

📋 Tanlov bosqichlari:

Onlayn test – 20 ta savol, har bir savol uchun 1 daqiqa 30 soniya.

Portfolio – Talabgorning ish va loyihalari ko‘rib chiqiladi.

Suhbat – Qabul komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi.

📚 O‘qish muddati: 24 hafta

🎓 Ta’lim shakli: “Blended Learning” – ya’ni onlayn va oflayn tarzda o‘qitiladi.


Ulashish:
363
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida rektor va talaba-yoshlar uchrashuvi o’tkazildi.
Tadbirda universitet rahbariyati va 500 nafarga yaqin iqtidorli talabalar qatnashdi.
JDPU «Ziyokor» voleybol jamoasi viloyat IIB boshlig‘i kubogini qo‘lga kiritdi.
Sportning voleybol turi bo‘yicha Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.