Yangiliklar
Yangiliklar
|
25/06/2025
Chop etish
“Dolzarb 90 kun” doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
2025-yil 25-iyun kuni Jizzax davlat pedagogika universiteti Maktobgacha ta’lim fakulteti hamda Jizzax viloyati Mirzacho‘l agrosanoat texnikumi hamkorligida “Dolzarb 90 kun” doirasida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir Mirzacho‘l agrosanoat texnikumi majlislar zalida bo‘lib o‘tdi. Tadbirni maktabgacha ta’lim fakulteti dekani X.Meliyev ochib berdi. Tadbirda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga kirishga tayyorlanayotgan texnikum talabalariga amaliy yordam ko‘rsatish haqida fikrlar bildirildi.

Tadbirda shuningdek,

  • OTMlarga kirish niyatida bo‘lgan talabalar uchun amaliy konsultatsiyalar tashkil etildi;

  • Musiqa ta’limi yo‘nalishidagi o‘qituvchilar tomonidan badiiy va musiqiy chiqishlar namoyish etildi;

  • Tadbir yakunida JDPUga qabul jarayonlari, ta’limda yaratilayotgan imkoniyatlar va talabalarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

Tadbir davomida maktabgacha ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar, ta’lim mazmunining yangilanishi va pedagog kadrlar tayyorlashning samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, musiqa ta’lim yo‘nalishiga kirish tartibi, talabalar uchun qo‘yiladigan talablar, imtihon jarayonlari va ushbu sohadagi zamonaviy yondashuvlar haqida ham to‘xtalib o‘tildi. Tadbir so‘ngida JDPU va texnikum o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari, qo‘shma loyihalar va talabalarni ta’lim jarayoniga keng jalb etish masalalari muhokama qilindi. Tadbirda boshlang‘ich ta’lim fakulteti deknai A.Chimanov ham faol itirok etdi.


Ulashish:
927
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda test sinovlarining ikkinchi kuni davom etmoqda
Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida imtihonlar ikki smenada tashkil etilmoqda. Kun davomida 1 500 ga yaqin abituriyent test sinovlarida ishtirok...
Jizzaxda 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlandi
Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida test sinovlari ikki smenada o‘tkazilmoqda.
Jismoniy madaniyat yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar ochiqlik va shaffoflik asosida o‘tkazilmoqda
Jizzax viloyati Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi hududida Jismoniy madaniyat yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar tashkil etildi.