Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/03/2025
Chop etish
Buyuk Britaniya Portsmut universitetiga tashrif davom etmoqda.

Xorijiy tillar fakulteti, Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri A.Jabborovaning Buyuk Britaniyaning Portsmut universitetiga Britaniya Kengashining AELLCA (Accelerating English Language Learning in Central Asia) loyihasi doirasida «Grant Study Visit» dasturi bo‘yicha tashrifi davom etmoqda.

Tashrif davomida A.Jabborova Portsmut universiteti Vitse Kansleri Chris Chang va Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Bobby Mehtalar bilan ham uchrashdi va yangi hamkorliklar, loyihalarni muhokama qilishdi.

Shuningdek, Portsmut universitetida «Global Week» doirasida xalqaro talabalar tomonidan tashkil etilgan «Culture Festival»da ham ishtirok etdi.

Ushbu tashriflar va hamkorliklar JDPU va Portsmut universiteti o‘rtasidagi akademik aloqalarni mustahkamlashga, ta’lim sifatini oshirishga va xalqaro tajribalarni o‘rganishga xizmat qiladi.


Ulashish:
732
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.