Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ijodiy kompetentligini rivojlantirishda zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash.

A.Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat pedagogika instituti katta o‘qituvchisi Nasiba Bayturaeva Annotatsiya: Ushbu maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining ijodiy kompetentligini rivojlantirishda zamonaviy texnologiyalarini qo‘llashga oid muammolar ko‘rib chiqilgan. Kalit so‘zlar: zamonaviy texnologiya, texnologiya, komponentlar, kategoriyalar, pedagogik tadqiqotlar, intellektual iste’dod, kreativlik. Annotatsiya: Ushbu maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining ijodiy kompetentligini rivojlantirishda zamonaviy texnologiyalarini qo‘llashga oid muammolar ko‘rib chiqilgan. Klyuchevыe slova: sovremennыe texnologii, texnologiya, komponentы, kategorii, rodoslovnoe issledovanie,odarennost, kreativnost. Annotation: in this article, the problems related to the application of modern technologies in the development of creative competence of the future primary school teacher are considered. Keywords: modern technology, technology, components, categories, pedigographic research ,ualual talent, creativeness. Jahon ta’lim tizimida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonining asosiy bosqichi sifatida ko‘rilayotgan ijodiy kompetentlikni rivojlantirish asosida bo‘lajak mutaxassislarning pedagogik mahoratini oshirish, intellektual ijodiy kompetentligini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy izlanishlar amalga oshirilmoqda. Ijodiy kompetentlikni rivojlantirishda ta’lim muassasalarida ijodiy yondashuvdan foydalanish, ijodkorlik kompetensiyasini rivojlantirishning didaktik ta’minotini yaratish, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashda ish beruvchining talablarini inobatga olgan holda kasbiy va shaxsiy sifatlarni innovatsion texnologiyalar asosida rivojlantirish masalalarining ilmiy yechimi bilan bevosita bog‘liqdir. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mustaqil ta’lim faoliyatining yakuniy va oraliq natijalari insho (esse), ochiq dars, ilmiy konferensiya yoki pedagogik kengashdagi chiqish, ish dasturi, didaktik material, metodik qo‘llanma, ilmiy-metodik jurnalda maqola chop qilish kabi ijodiy mahsulotlarni tayyorlash va taqdim etishda qayd qilinadi. Oraliq ijobiy natijalarning mavjudligi ijodkor shaxs hayot strategiyasining zaruriy elementlaridan biridir. Agar o‘qituvchi erishilgan yakuniy natijalarni yutuq, muvaffaqiyat sifatida qabul qilsa, bunday natijalar keyingi ijodiy o‘sish uchun boshlash nuqtasiga aylanadi. Zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash ijodiy to‘garak ishi doirasida mustaqil ta’lim faoliyatini yanada sharoitlarga moslashuvchan va harakatchan qilish imkonini beradi. Internet tarmog‘i bo‘lajak o‘qituvchilarga mustaqil ta’lim uchun boy imkoniyatlar yaratadi (1.4-rasm).
замонавий бошланғич таълим назарияси ва методикаси бўйича билимларни бойитиш;  
масофавий таълим курсларида ўзини қизиқтирган масалаларини ўрганиш;  
мустақил таълим фаолияти учун зарур бўлган психологик материалларни ўрганиш.
электрон кутубхоналарда замонавий методик адабиётларда маълумот қидириш;

Интернет тармоғи бўлажак ўқитувчиларга мустақил таълим учун бой имкониятлар яратади

электрон кутубхоналарда замонавий методик адабиётларда маълумот қидириш;
Педагогик тажриба банки билан танишиш (кириш)
Виртуал методик бирлашмалар, тармоқ педагогик жамиятлари фаолияти давомида ҳамкасблар билан мулоқот жараёнида ўқитиш методларини муҳокама қилиш
                  1.4-rasm. Internet tarmog‘i vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarning mustaqil ta’lim olish imkoniyatlari Mustaqil ta’lim o‘qituvchining ijodiy o‘z-o‘zini rivojlantirish va uning ichki shaxsiy resurslarini faollashtirishga qaratilgan. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining mustaqil ta’lim faoliyatining maqsadi ijodiy kompetentlik va kasbiy mahoratning yangi darajasiga erishishdir. Ijodiy kompetentlikni rivojlantirish jarayonida o‘qituvchi nafaqat kasbiy faoliyat sub’ekti sifatida, balki shaxs darajasida shakllanishi ham amalga oshadi. Ijodiy faoliyatni amalga oshirish va tashkil etishga bo‘lgan zaruriyat va tayyorlik o‘rtasidagi farqlar hamda nomutanosibliklar o‘qituvchilarni ijodiy mustaqil ta’limning yana bir jabhasiga o‘tishga undaydi. O‘qituvchining ichki dunyosini o‘zgartirish, uning mazmun va mohiyatan o‘zgartirishi, pedagogik faoliyatda ijodiy o‘z shaxsiyati qobiliyati va imkoniyatlarini namoyon etish uchun yangi imkoniyatlarni izlash zarurligini anglashi o‘qituvchining ijodiy rivojlanishining asosiy shartidir. O‘quv faoliyatining boyligi, ko‘p qirraliligi va emotsional intensivligi o‘qituvchilarning o‘zlarini kasb-hunar sifatida o‘rganishga undaydi. Qo‘shimcha kasbiy ta’lim muassasalari negizida pedagogik muloqotni amalga oshirish, malaka oshirish jarayonida ijodkor o‘qituvchi o‘zida kasbiy jihatdan ahamiyatli xususiyatlar yetarli darajada shakllanmaganligini anglaydi va mustaqil ta’lim faoliyatida mavjud muammolarni hal qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. O‘qituvchi o‘zi xohlagan natijalarga erishish imkonini beruvchi maqsad, vazifa, bosqich va faoliyatlar shakllarini belgilaydigan mustaqil ta’lim dasturini ishlab chiqadi. Psixologlar shaxsning rivojlanishi insonning xatti-harakatlari muayyan maqsadga yo‘naltirilgan va ichki asoslangan bo‘lsagina yuzaga keladigan uning o‘z faol harakati faoliyati jarayonida amalga oshadi. Mustaqil ta’limning insonning o‘ziga maqsadli ta’sir ko‘rsatish sifatidagi asosiy mexanizmi shaxsning belgilangan xususiyatlari, sifatlari va kasbiy faoliyatning ob’ektiv talablari o‘rtasidagi ziddiyatlarni hal qilish, tinimsiz murakkablashib boruvchi ijodiy vazifalarni bajarishdir. Kasbiy faoliyat jarayonida rivojlanish mexanizmiga ifoda berishadi: rivojlanish ongli, yo‘naltirilmagan tartibga solish tomonga tashqi tartibga soluvchi kuchlarning kuchi, tashqi omillar belgilaydigan harakat usuli bilan amalga oshiriladi. Kasbiy o‘z-o‘zini rivojlantirish mexanizmini bunday tushunish bizni bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy kompetentligini rivojlantirishga ko‘maklashuvchi va to‘sqinlik qiluvchi pedagogik shart-sharoitlarni o‘rganishga undaydi. Bu masalalarni keyingi paragrafda ko‘rib chiqamiz. Mustaqil ta’lim faoliyatida aqliy, jismoniy, ma’naviy-axloqiy, mehnat va estetik rivojlanishidan iborat bo‘lmish shaxsning har tomonlama rivojlanishi amalga oshadi. Aqliy rivojlanish bilim olishni, dunyoqarash va e’tiqodni rivojlantirishni anglatadi. Axloqiy rivojlanish – xulq-atvor me’yorlari haqida bilimlarga asoslanib insonga ijobiy shaxs xususiyatlarini tarbiya qilishdan iborat. Estetik rivojlanishda ham, axloqiy rivojlanishda ham estetik tarbiyaga, san’at sohasida bilimlarni va badiiy ijodning maxsus turlarini o‘zlashtirishga ahamiyat beriladi. Shaxsning u yoki bu sifatlarida ifodalanadigan rivojlantiruvchi ta’sir bevosita ham, bilvosita ham namoyon bo‘ladi. Mustaqil ta’lim jarayonida aqliy, jismoniy, axloqiy, mehnat va estetik rivojlanish o‘rtasida aloqalar o‘rnatiladi. Ijtimoiy yetuklik-insonning faoliyat sub’ekti sifatida shakllanishi va ijodiy imkoniyatlari namoyon bo‘ladigan insonning faol mehnat faoliyati davridir. Ijodiy faoliyat nostandart pedagogik faoliyatni bajarish uchun maqsadga yo‘naltirilganligi bilan ajralib turadi. Mustaqil ta’lim jarayonida o‘qituvchi o‘z hamkasblari bilan ijodiy munosabatlarga kirishadi, buning natijasida uning muloqot sub’ekti va bilim sub’ekti sifatida shakllanishi amalga oshadi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy faoliyati bilish sohasining o‘ziga xos xususiyatlarining shakllanishiga va, albatta, turli pedagogik vaziyatlarni ijodiy ko‘ra bilishni zarur qobiliyatini rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatadi. Demak, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi turli ta’sir manbalaridan: maxsus metodik adabiyotlar, Internet, bosma manbalar, radio, televideniedan haddan tashqari juda ko‘p ortiq kasbiy ma’lumotlar oladi. Bu ma’lumotlarning bir oqimi odamlar guruhlarining ta’lim darajasiga ko‘ra pedagogik maqsadlar uchun tashkil etiladigan kanallar orqali keladi. Yana bir axborot oqimi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga ommaviy axborot vositalari orqali yetib boradi va uning mustaqil ta’lim faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Har ikkala oqim ham o‘qituvchiga butun hayoti davomida ta’sir qiladi va o‘z dunyosini tushunish, qabul qilishini (idrokini) pedagogik nuqtai nazardan boshqarishni talab qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar:
  1. Mirziyoyev SH.M. “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” mavzusidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag’ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo’shma majlisidagi nutqi. – T.: O’zbekiston, 2016. –13-14 b.
  2. Sh.Sharipov, N.Muslimov, M.Ismoilova. “Kasbiy ta’lim pedagogikasi“. Metodik qo’llanma.-T.2005 y
3. N. Bayturayeva.  Developing the creative competence of future primary school teacher as a social problem. International Vritual Conference On Innovative Thoughts, Research Ideas and Inventions in Sciences Hosted from Newyork, USA http://euroasiaconference. com January 20th 2021.