Yangiliklar
Yangiliklar
|
12/06/2025
Chop etish
Biologiya” fanidan Respublika fan olimpiadasi yakunlandi.
“Biologiya” fanidan talabalar o‘rtasida Respublika fan olimpiadasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Olimpiada g‘oliblarini taqdirlash marosimida Jizzax davlat pedagogika universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, Tashkiliy qo‘mita raisi o‘rinbosari G‘.O. Qodirov so‘zga chiqib holib talabalrni va ularning ustozlarini qutladi.

Olimpiada Nizom talablariga muvofiq ikki bosqichda tashkil etildi: 1-bosqich Unda 41 nafar talaba ishtirok etdi. Nazariy bilimlar bo‘yicha o‘tkazilgan sinovda 35 balldan yuqori natija ko‘rsatgan 6 nafar ishtirokchi 2- bosqichga yo‘llanma oldi.

2-bosqich JDPUninglaboratoriya xonalarida amaliy mashg‘ulot shaklida tashkil etildi. 6 nafar talabaga zarur yo‘riqnomalar taqdim etildi va sinovlar 2 soat davom etdi. Ishtirokchilar amaliy topshiriqlarni mustaqil bajarishdi. Yakuniy baholash natijalariga ko‘ra, eng yuqori natijalarni qayd etgan talabalar g‘olib deb topildi.

Hakamlar hay’atining yakuniy xulosasiga ko‘ra, quyidagi talabalar g‘olib deb topildi: 1-o‘rin — Tuychiyeva Nurpari Dilshodjon qizi Jizzax davlat pedagogika universiteti talabasi I darajali diplom2-o‘rin — G‘ulomov Umidjon Olimjon o‘g‘li Farg‘ona davlat universiteti talabasi II darajali diplom3-o‘rin — Mustafoyeva Kamola Shavkat qizi Jizzax davlat pedagogika universiteti talabasi III darajali diplom . Taqdirlash marosimida yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilarga diplomlar topshirildi. Eslatib o‘tamiz olimpiada g‘oliblari magistratura yo‘nalishida grant asosida o‘qishga tavsiya etiladi


Ulashish:
795
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Mustaqillik to‘yi»ning asosiy tantanalari yoshlar ijodi bilan davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbirining asosiy tantanalari o‘tkazildi.
JDPUda «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri tantanali nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri «Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod...
Universitetda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
Jizzax viloyati hokimligi ishchi guruhi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘rganish ishlari olib borildi.