Yangiliklar
Yangiliklar
|
19/09/2023
Chop etish
“Besh tashabbus olimpiadasi” va”Talabalar ligasi” sport musobaqalari talabalarni bir maqsad sari jipslashtirmoqda.

Oltinchi kun tafsilotlari

“Talaba sen hammasini uddalaysan!” Bugun Maktabgacha ta’lim fakulteti talabalarini ana shu shior bir maydonga to‘pladi desak xato qilmagan bo‘lamiz. Musobaqalar boshlanishi oldidan maydonda saf tortgan talabalar yuz ko‘zidagi bayramona  kayfiyat sizga ham ko‘chadi.  Tadbirining ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar talaba yoshlarga omad tilash bilan bir qatorda sport bilan doimiy shug‘ullanish lozimligini taʼkidlashdi.

 

 

Sportni qadriyat sifatida rivojlantirish, talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng joriy etish, ularda ommaviy sport turlariga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” hamda “ Talabalar ligasi” sport musobaqalarining bu galgi ishtirokchilari Maktabgacha taʼlim fakultetining talaba yoshlari bo‘ldi.

\

 

 

Shaxmat, stol tennisi, voleybol, basketbol, mini futbol kabi sport turlari talabalar o‘rtasida nafaqat sog‘lom turmush tarzini tatbiq etish, balki ularni bir jamoa bo‘lib, harakat qilishga undovchi vositaga aylandi. Bugungi musobaqalar o‘zgacha o‘tmoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Kuy va musiqa hamrohligida bellashayotgan talaba yoshlar g‘oliblik uchun chin dildan harakat qilishmoqda.


Ulashish:
963
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.