Yangiliklar
Yangiliklar
|
23/09/2025
Chop etish
“Besh tashabbus olimpiadasi” qizg‘in davom etmoqda

Jizzax davlat pedagogika universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi” tadbirlari izchil davom etmoqda.
Bu gal sport musobaqalarida Fizika va texnologiya ta’limi fakultetining sportchi talaba-yoshlari ishtirok etdilar.

Tantanali ochilish marosimida universitet mas’ullari va fakultet rahbarlari so‘zga chiqib, ishtirokchilarga omad tiladilar. Shu bilan birga, mamlakatimizda sportga, ayniqsa, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilayotgan e’tibor haqida so‘z yuritildi.

Shundan so‘ng sport musobaqalariga start berildi. Fakultet talabalari  stol tennisi, mini-futbol, yengil atletika, stritbol,  voleybol sport turlari bo‘yicha bellashdilar:

Musobaqalar ko‘tarinki ruhda o‘tdi va ishtirokchilar o‘z mahoratlari hamda jamoaviy hamjihatlikni namoyon etdilar.


Ulashish:
1 277
Boshqa rubrikalarda mashhur

Universitetda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
Jizzax viloyati hokimligi ishchi guruhi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘rganish ishlari olib borildi.
Payshanba — Yoshlar kuni: rektor mahalladagi band bo‘lmagan yoshlar bilan uchrashdi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori, professor Maksudjan Yuldashev Jizzax shahrining Zargarlik mahallasidan biriktirilgan band bo‘lmagan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
JDPUda kibergigiyena va axborot xavfsizligi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida kibersavodxonlikni oshirish, axborot xavfsizligini ta’minlash hamda oliygohni «Kiberjinoyatlardan xoli hudud»ga aylantirish maqsadida dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar ishtirokida amaliy yig‘ilish...