Yangiliklar
Yangiliklar
|
22/09/2025
Chop etish
“Besh tashabbus” olimpiadasi davom etmoqda.

Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar o‘rtasida tashkil etilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” qizg‘in ruhda davom etmoqda.

Startda Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta’lim fakulteti talaba-yoshlari maydonga chiqishdi. Olimpiadaning ikkinchi kuni tantanali ochilish marosimi bilan boshlandi. Ushbu marosimni universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Farrux Akchayev ochib berdi. U o‘z nutqida talaba-yoshlarni sport musobaqalarida faol ishtirok etishga chorladi.

Shundan so‘ng sportning besh turi bo‘yicha bellashuvlarga start berildi: Stol tennisi, Mini-futbol, Yengil atletika, Stritbol, voleybol

Talabalar maydonda yuksak ruh bilan harakat qilishdi. Tamoshabin tengdoshlarining qo‘llab-quvvatlovchi hayqiriqlari musobaqalarga yanada zavq va qizg‘inlik bag‘ishladi.

Bellashuvlar natijalari kun yakunida aniqlanib, eng munosib jamoalar keyingi bosqichga yo‘l oladi.


Ulashish:
1 071
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazish jarayoni va uning joriy holati muhokama qilindi.
Jizzax shahridagi 22 ta umumta’lim maktabi hamda «Best School» xususiy maktabida Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazish jarayoni tashkil etildi.
Sejong universiteti bilan hamkorlik bo‘yicha muzokaralar davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Janubiy Koreyaning Sejong universiteti vakillari bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.