Yangiliklar
Yangiliklar
|
11/04/2025
Chop etish
AQSHning Vebster universiteti kansleri Tim Kin boshchiligidagi delegatsiya Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Shavkat Sharipov bilan uchrashdi.
Samimiy va ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tgan uchrashuv tomonlar uchun foydali o‘tdi desak xato qilmagan bo‘lamiz.

Suhbat davomida mehmonlar yurtimizdagi Oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar, yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar xususan Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro aloqalarni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar xususida so‘z bordi. Ushbu uchrashuvda ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishning istiqbollari, kelajakda hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Shuni ta’kidlash joizki, Vebster universiteti 1915-yilda Missuri shtati Sent-Luis shahrida tashkil etilgan. Universitetning muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan Shveysariya, Avstriya, Gretsiya, Gollandiya, Xitoy, Tailand va Gana kabi davlatlarda yettita xalqaro filiallari mavjud. Shuningdek, 2017-yilda Amerikaning eng yaxshi universitetlari reytingida 24-o‘rinni egallagan.


Ulashish:
745
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida «Bitiruvchi – 2026» tantanali bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi
Tantanali marosimni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Gafurjonovna Karimova ochib berdi.
JDPUda kasbiy (ijodiy) imtihonlar: 4-kun
9–11-iyul kunlari «Sport faoliyati (futbol)» hamda «Sport faoliyati (voleybol)» ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha imtihonlar o‘tkazilada.
«Kitobxon yoshlar ligasi» respublika bosqichi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Kitobxon yoshlar ligasi» respublika ko‘rik-tanlovining 2026 yilgi 2-mavsumi respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.