Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
07/04/2025
Chop etish
Amir Temur buyuk davlat arbobi va qudratli sarkarda.
Tarix fakultetida ana shu mavzuda anjuman tashkil etildi.

Mamlakatimizda ulug‘ ajdodlarimiz merosini keng tadqiq va targ‘ib etish, ularning nomini abadiylashtirish, o‘sib kelayotgan navqiron avlodni bobokalonlarimizning faoliyati hamda asarlaridan bahramand etib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Buni shu kunlarda xalqimiz dahosining timsoli, benazir sarkarda va davlat arbobi, sohibqiron Amir Temur tavalludining 689-yilligi munosabati bilan joylarda o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ilmiy-amaliy anjumanlar misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin.

Jumladan, Jizzax davlat pedagogika universitetida ham «Amir Temur: tarixi, saboqlari va hozirgi zamon” mavzusida anjuman o‘tkazildi. Tadbirda talaba yoshlar professor o‘qituvchilar hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirni professsor Baxtiyor Mirkomilov kirish so‘zi bilan ochib, yurtimizda buyuk davlat arbobi, asrlar islohotchisi, sarkarda, adolat uchun tolmas kurashchi Hazrati Amir Temur bobomiz tavalludining 689-yilligi ijodkorlari, olimlar va yoshlar tomonidan faxr-iftixor bilan yodga olinayotgani, Sohibqiron Amir Temur – biz uchun o‘zligimizni anglash, milliy an’ana va qadriyatlarimizni tiklash borasidagi ulug‘vor ishlarda xalqimizga ma’naviy kuch bag‘ishlab kelayotgan ulug‘ siymolardan biri ekanligi, bugun hayotimizning barcha jabhalarida adolat va haqiqat qaror topayotgan tarixiy bir davrda Amir Temur – bizning sha’n-shavkatimiz, g‘urur va iftixorimiz, xalqimiz dahosining timsoli, ma’naviy qudratimiz ramzi ekanligi xususida so‘z yuritdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar, Sohibqiron nafaqat o‘z davridagi eng qudratli davlat asoschisi, ilm-fan, madaniyat va ma’naviyat homiysi, balki Osiyo va Yevropa qit’alarida ro‘y bergan tarixiy o‘zgarishlarga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatib, dunyo rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan shaxs ekanligini, biz hazrat Amir Temurni buyuk bunyodkor deb boshimizga ko‘tarib, ro‘yi zaminning sayqali bo‘lmish Samarqandda, Shahrisabz, Buxoro, Toshkent va Sohibqiron qurgan bepoyon saltanatning boshqa hududlarida bunyod etilgan nodir me’moriy obidalar, tengsiz bog‘-rog‘lar Temur bobomizga xos amaliy shijoat samarasi ekanligini, alohida ta’kidladilar. Tadbir so‘ngida talaba yoshlar tomonidan buyuk davlat arbobi va qudratli sarkarda hayoti bilan bog‘liq qiziqarli savol-javoblar o‘tkazildi.


Ulashish:
1 001
Boshqa rubrikalarda mashhur

Default image
Universitetda umumta’lim maktablari bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida kimyo, biologiya va fizika fanlari bo‘yicha ko‘p bosqichli olimpiada tashkil etildi.
Yakuniy nazoratlar oldidan talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Tarix fakulteti Tarix yo‘nalishi 4-kurs talabalari ishtirokida yakuniy nazorat va YN imtihonlari tartib-qoidalariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.
Boʻlajak pedagoglar uchun muhim tajriba
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar uchun “Pedagogik texnika – pedagogning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning asosiy omili sifatida” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.