Yangiliklar
Yangiliklar
|
02/05/2024
Chop etish
A.Qodiriy tavalludiga 130 yil to‘ldi. Adib nomi bilan yuritilayotgan oliygohda xotira kechasi bo‘lib o‘tdi.

2024-yilning 10-aprel kuni o‘zbek romanchilik maktabining asoschisi Abdulla Qodiriy tavalludiga 130 yil to‘ldi. Sana munosabati bilan    universitetning madaniyat saroyida o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti tomonidan badiiy xotira kechasi uyushtirildi. buyuk yozuvchi, o‘zbek romanchiligining asoschisi, o‘zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli adib Abdulla Qodiriy tavalludining 130 yilligi munosabati bilan uyushtirilgan tadbirda dastlab Abdulla Qodiriyning ilk asarlari, nashr etilgan gazeta va jurnallar, dastlabki kitoblari, boshqa tillarga o‘girilgan asarlari haqida ma’lumotlar berildi.

Shundan so‘ng iqtidorli talabalar teatri tomonidan sahnalashtirilgan adibning so‘nggi kunlari haqidagi sahna ko‘rinishlari qo‘yildi. She’rlari aytildi. Asarlari asosida savol javoblar bo‘lib o‘tdi.


Ulashish:
1 036
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida «Bitiruvchi – 2026» tantanali bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi
Tantanali marosimni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Gafurjonovna Karimova ochib berdi.
JDPUda kasbiy (ijodiy) imtihonlar: 4-kun
9–11-iyul kunlari «Sport faoliyati (futbol)» hamda «Sport faoliyati (voleybol)» ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha imtihonlar o‘tkazilada.
«Kitobxon yoshlar ligasi» respublika bosqichi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Kitobxon yoshlar ligasi» respublika ko‘rik-tanlovining 2026 yilgi 2-mavsumi respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.